Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrgacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma'lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo'yicha o'tkazilayotgan so'rovnomada, savolnomani to'ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25- fevraldagi 133-F-son farmoyishiga ko‘ra, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida 2019 yil 11-12 oktyabr kunlari “O‘zbekistonda turizm va rekreatsiyani rivojlantirishning geografik muammolari va imkoniyatlari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda.

 Mazkur anjuman O‘zbekiston Geografiya jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘sh davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Konferensiyada Malayziya, Germaniya, Polsha, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston kabi 20 dan ortiq davlatlardan etakchi olimlarning ishtirok etmoqda.

Shuningdek, mazkur konferensiya doirasida fan-ta’lim masalalariga bag‘ishlangan taqdimotlar, ijodkor talabalar yaratgan ishlanmalar ko‘rgazmasi namoyishi va talabalar uchun seminar-trening o‘tkaziladi. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan memorandumlar imzolanadi.

Konferensiyada Respublikamizning turli vazirlik va boshqarmalari, 20 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari hamda 10 ga yaqin ilmiy-tadqiqot institutlaridan 200 ga yaqin professor o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar ilmiy maqolalari bilan qatnashmoqda.