Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrgacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma'lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo'yicha o'tkazilayotgan so'rovnomada, savolnomani to'ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

5 та ташаббус доирасида оммавий спорт мусобақалари ўтказилди

30.05.2019

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida ommaviy sport musobaqalari o’tkazildi.
Dastlab 3000 metr masofaga ommaviy yugurish marafoni o’tkazildi. Marafonda tumandagi ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlar, mahallalardan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan 1000 nafar ko’ngilli ishtirok etdi.

Ommaviy sport musobaqalari doirasida 500 nafardan ziyod xotin-qiz ishtirokida 3000 metr masofaga velopoyga musobaqasi ham tashkil etildi.
Shuningdek, 4-musiqa va san'at maktabida rassomchilik, kitobxonlik, musiqa va kompyuter savodxonligi bo’yicha mahorat darslari va turli musobaqalar, hunarmandchilik ko’rgazmasi, kitob va mehnat yarmarkalari o’tkazildi.

Sport musobaqalari g’olib va sovrindorlariga maxsus diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.

Viloyat bo’ylab 5 tashabbus doirasida ana shunday ommaviy sport musobaqalari, madaniyat va san'at festivallari davom etmoqda.

Tugmani bosing Tinglash