Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrgacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma'lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo'yicha o'tkazilayotgan so'rovnomada, savolnomani to'ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida «Vatanparvarlik oyligi» doirasida Quvnoqlar va zukkolar musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hakamlar hay’atining yakuniy natijalariga ko‘ra, Status jamoasi 3-o‘ringa munosib ko‘rilgan bo‘lsa, Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari 2-o‘rinni egalladi. Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari jamoasi esa birinchi pog‘onani band etdi. G‘olib, sovrindor va faol ishtirokchilarga Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat va markazi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Unda O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasining «O‘zbegim», Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetining Status, Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining Golden weens hamda mezbon bilim yurti kursantlaridan tarkib topgan «NBK» jamoalari kundalik harbiy hayotda uchrab turadigan kulgili holatlarni sahnada namoyon etdi.

«Hazil-mutoyiba bizga xizmat qiyinchiliklarini engishga yordam beradi», «Armiyaga chaqiruv» (biror film yoki animatsion filmga ovoz berish orqali mavzuga bog‘lash) hamda «Harbiy hayot haqida ertak» shartlari bo‘yicha kursantlarning badiiy-havaskorlik layoqati, aktyorlik, dublyajda ovoz berish, plastik harakatlar mahorati va belgilangan vaqt me’yorlariga qay darajada amal qilgani hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Tugmani bosing Tinglash