Davlat xizmatlari agentligi tomonidan fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirish, yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishning boshlang'ich ko'nikmalari bo'yicha maslahatlar berish, davlat xizmatlari ko'rsatilishida ochiqlik, tezkorlik va shaffoflikni ta'minlash, fuqarolarning ortiqcha vaqt yo'qotishini oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarga keng qamrovli, shu jumladan mobil (sayyor) davlat xizmatlarini ko'rsatish yuzasidan taqdimotlar o'tkazilmoqda. Shuningdek, qishloq va ovullarda tashkil etilgan DXM filiallarining faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, davlat xizmatlari ko'rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidanham aholiga ma'lumotlar berilayapti.
Laziz Abdulhamidov Ohangaron shahridagi 1-umumta'lim maktabini a'lo baholarga yakunlab, hozir Rossiya Federasiyasining eng nufuzli oliygohlaridan biri bo'lgan Vyatsk davlat universitetining birinchi kursida grant asosida tahsil olmoqda.
Ўзбекистон енгил атлетика ва триатлон федерациялари, Миллий олимпия қўмитаси, Жисмоний тарбия ва спорт вазирлиги, Тошкент вилояти ва Ангрен шаҳар ҳокимликлари билан ҳамкорликда Ангрен шаҳрида велопойга, оммавий югуриш ва юриш мусобақалари марафони ўтказилди. Тадбир Президентимизнинг 2020 йил 24 январдаги “Ўзбекистон Республикасида жисмоний тарбия ва спортни янада такомиллаштириш ва оммалаштириш чора-тадбирларни тўғрисида”ги Фармонининг ижросини таъминлаш мақсадида ташкил этилди.