Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar diqqatiga! oyning 5 sanasidan kechiktirmay 1-K shakli oylik (Tashkilot faoliyati toʼgʼrisida) hisobotini eStat 3.0 avtomatlashtirilgan tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishlari lozimligi yuzasidan ogohlantirib oʼtamiz

HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI (1-YANVAR HOLATIGA)

Jo`xori

Jo`xori 1kg (so'm)

2630 so'm

Kartoshka

Kartoshka1kg (so'm)

2698 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

1805 so'm

Lavlagi

Lavlagi1kg (so'm)

3121 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti1kg (so'm)

50389so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti1kg (so'm)

51073so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti1kg (so'm)

23327so'm

TADBIRKORLAR UCHUN

 

2017 yil uchun tahliliy ma'lumotlar

 

 

Toshkent viloyati bo`yicha (2000-2018yillar) makroiqtisodiyko`rsatkichlartahlili

Yalpi hududiy mahsulotni ishlab chiqarish

2018 yil yakunlari bo`yicha ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) hajmi joriy narxlarda 38 398,7 mlrd. so`mni tashkil qildi va o`tgan yilga nisbatan 6,4 foizga o`sdi. YaHMning 2000-2018 yillarda o`rtacha yillik o`sish sur`ati 5,9 foizni tashkil qildi. (1 rasm).

1 rasm. 2000-2018 yillar uchun YaHMning o`zgarish dinamikasi

Hududda olib borilayotgan dasturlar va loyihalarning samarasi natijasi shuning bilan birga olib borilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish natijasida hudud iqtisodiyoti oxirgi yillarda yuqori va barqaror o`sish sur`atlarini namoyish qila boshladi.

2 rasm. Aholi jon boshiga YaHMni o`zgarishi dinamikasi, foizda

Iqtisodiyotning barqaror o`sish sur`atlari saqlanib turgan bir sharoitda aholining real daromadlari ham mos ravishda o`sib borayotganing kuzatishimiz mumkin.

2018 yil yakunlari bo`yicha iqtisodiyot tarmoqlarida kuzatilgan o`sish sur`atlari yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) barqaror o`sishida asosiy omil bo`lib xizmat qildi. Jumladan, qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi tarmog`ining o`sish sur`ati 102,8 foiz, (YaHM tarkibidagi ulushi – 32,5 foiz), sanoat – 111,3 foiz (40,6 foiz), qurilish – 110,1 foiz (3,1 foiz), savdo, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar – 100,6 foiz (6,8 foiz), tashish va saqlash, axborot va aloqa – 103,3 foiz (5,8 foiz) va xizmat ko`rsatuvchi boshqa tarmoqlar – 106,0 foiz (11,2 foiz) ni tashkil qildi.

Qulay ishblarmonlik muhitini yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari natijasida Toshkent viloyatida 2010-2018 yillar uchun o`rtacha 7-8 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o`sish sur`atlarini namoyish qila boshladi.

 

Tugmani bosing Tinglash