Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Joriy yilning 22- iyun sanasidan boshlab, Toshkent viloyati statistika boshqarmasiga telefon tarmog‘i orqali murojaat qiluvchilar (71) 230-xx-xx raqamlari o‘rniga (71) 202-xx-xx raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Hududiy dehqon bozorlaridagi ayrim mahsulotlarning o'rtacha narxlari (21-Iyul holatiga)

Sabzi

Sabzi 1kg (so'm)

2179 so'm

Kartoshka

Kartoshka 1kg (so'm)

3816 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

785 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

1733 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti 1kg (so'm)

55983 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti 1kg (so'm)

59210 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti 1kg (so'm)

24133 so'm

Sut

Sut 1litr (so'm)

4920 so'm

Tuxum

Tuxum 10 ta (so'm)

8691 so'm

Bodring

Bodring 1kg (so'm)

2728 so'm

Pomidor

Pomidor 1kg (so'm)

3983 so'm

Un

Bug'doy uni 1kg (so'm)

4912 so'm

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Яндекс.Погода

TADBIRKORLAR UCHUN

 

 

2020- yilning 22- iyul kuni Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning iqtisodiyot va ekologik faoliyat bo‘yicha koordinatori ofisi tomonidan “Pandemiya davrida ochiqlik va shaffoflikni oshirishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

Vebinar qatnashchilari ochiq ma'lumotlar va raqamli vositalarning hukumat shaffofligi hamda yaxlitligini mustahkamlashdagi roli bo‘yicha fikr-mulohaza yuritdi.

Samarali boshqaruvni targ'ib qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish YXHTning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Davlat organlarida hisobdorlikni oshirish, korrupsiyani kamaytirish maqsadida ochiq ma’lumotlar platformalari va yaxshi boshqaruvni rag'batlantirishda raqamlashtirish muhim ahamiyatga ega. Bu borada YXHT ishtirokchi davlatlarni ochiq ma'lumotlarni taqdim etish, monitoring qilish va tahlil qilish uchun raqamli vositalardan foydalanish imkoniyatini oshirishda qo‘llab-quvvatlaydi.

Tadbir davomida YXHTning davlat boshqaruvi direktori Barbara Ubaldi, Ochiq shartnoma hamkorligi dasturining katta menejeri Karolis Granitskas, Sarayevo jurnalistik tekshiruv markazi xodimi Leyla Bichakchich, YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi vakili Murod Husanov favqulodda vaziyatlarda ma’lumotlarni chop etish bo‘yicha ilg‘or metodlar, milliy tajriba va ochiq ma’lumotlar bilan bog’liq muammolar yuzasidan fikr bildirdi.

Shuningdek, onlayn videokonferensiyada O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i Akrom Sultanov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

 

Stat.uz

Tugmani bosing Tinglash