Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Xoʼjalik yurituvchi subʼyektlar diqqatiga! oyning 5 sanasidan kechiktirmay 1-K shakli oylik (Tashkilot faoliyati toʼgʼrisida) hisobotini eStat 3.0 avtomatlashtirilgan tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishlari lozimligi yuzasidan ogohlantirib oʼtamiz

Toshkent viloyat statistika boshqarmasida"Call centre" tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon :(+998971)230-86-76

HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI (19-May holatiga)

Sabzi

Sabzi1kg (so'm)

2368 so'm

Kartoshka

Kartoshka1kg (so'm)

4595 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

1816 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

2642,5so'm

Mol go`shti

Mol go`shti1kg (so'm)

55194 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti1kg (so'm)

57875 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti 1kg (so'm)

23700 so'm

Sut

Sut 1litr (so'm)

4918 so'm

Tuxum

Tuxum 10 ta (so'm)

8863 сум

Bodring

Bodring1kg(so'm)

4758 сум

TADBIRKORLAR UCHUN

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qator topshiriqlar berilgan edi. Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan maqsadli va manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 18-may kunitajriba tariqasida Andijon viloyatining Xonabod shahrida yashovchi aholini to‘liq qamrab olgan holda kambag‘allik darajasini o‘rganish bo‘yicha kuzatuvlar tashkil etilmoqda.Shaharda 14 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib, ulardagi aholi soni 2020-yil 1-aprel holatiga 42,6 ming kishini hamda oilalar soni 10992 tani tashkil etdi.

Davlat statistika qo’mitasi Raisi o’rinbosari M.Ziyadullayev boshchiligida tuzilgan maxsus komissiya tomonidan ayni paytda mazkur tadbirni yuqori saviyada tashkil etish uchun bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, kuzatuv so‘rovnomasini zarur miqdorda chop etish, kuzatuvga jalb etiladigan ro‘yxatga oluvchilar (intervyuerlar) va nazoratchilar (supervayzerlar)ni o‘qitish ishlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, kuzatuvlarni belgilangan hududlarda o‘tkazilishi va kuzatuv natijalari bo‘yicha to‘ldirilgan so‘rovnoma ma'lumotlariningo‘z vaqtida markaziy serverga kiritib borilishini ta'minlash masalalari kun tartibiga qo‘yildi.

Kuzatuvlarni amalga oshirishda 10 ta guruhdan iborat, Andijon viloyat statistika boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan jami 10 ta instruktor, 50 ta intervyuer hamda ma'lumotlarni elektron bazasini shakllantirish uchun 8 ta operatorlar biriktirilgan.

Kuzatuv bilan bog’liq masalalar va kuzatuv natijalari bilan tanishtirib boramiz.

 

Stat.uz

Tugmani bosing Tinglash