Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrgacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma'lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo'yicha o'tkazilayotgan so'rovnomada, savolnomani to'ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

Xorazm viloyati tuman (shahar) statistika bo`limlari xodimlari uchun 2019-yilning 15-iyul kuni Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislari tomonidan iste`mol narxlari kuzatuvini shakillantirish hamda iste`mol narxlari indeksini hisoblash, shuningdek, o`rtacha iste`mol narxlari indeksini  xalqaro standartlarga mos ravishda hisoblash va ushbu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag`ishlangan o`quv-amaliy seminar o`tkazildi.

 

 

Seminarda Xorazm viloyati statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo`lim boshliqlari va narx kuzatuvlarini olib boruvchi registratorlar uchun iste`mol sektorida narxlarni ro`yxatga olish, kuzatuv joylarini tanlash, ulardagi o’rtacha narxlarni shakllantirish va  kelgusida zamonaviy qurilmalaridan, ya’ni, planshetdan samarali foydalanish bo`yicha tegishli ko`rsatmalar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash