Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrgacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma'lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo'yicha o'tkazilayotgan so'rovnomada, savolnomani to'ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

2019-yilning 24-28 iyun kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida “Yuqori davriylikdagi faol iqtisodiy ko’rsatkichlar” mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Ushbu seminar Xalqaro valyuta fondi tomonidan tashkillashtirildi. Unda Sudan, Misr, Tunis, Iordaniya, Gruziya, Armaniston, Qirg'iziston, Tojikiston  va O'zbekiston davlatlari statistika idoralarining  mutaxassislari  hamda moliya-bank sohasi vakillari ishtirok etdi.

Seminarda  Davlat statistika qo`mitasi Raisi boshchiligidagi delegatsiyaning Yevropa statistiklari konferensiyasida ishtiroki hamda “Sanoatda energiya samaradorligi va uzoq muddatli energiyani rejalashtirish”, “Yuqori davriylikdagi faol iqtisodiy ko’rsatkichlar”, “CSPro Android - ma'lumotlarni mobil qurilmalari yordamida yig’ish” mavzulariga  alohida to’xtab o’tildi.

Seminar davomida rivojlangan mamlakatlarning statistik ma’lumotlarni olishda zamonaviy texnologiyalardan va maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanish hamda uzoq muddatli energiyani rejalashtirish va uni baholash borasidagi tajribasini yurtimiz statistika idoralariga jalb qilish masalalari seminar ishtirokchilari tomonidan keng muhokama qilindi.

Tugmani bosing Tinglash