Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrgacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma'lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo'yicha o'tkazilayotgan so'rovnomada, savolnomani to'ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 maydagi PQ-4324 raqamli qarori bilan Zoxidjan Muratovich Ziyaev O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot-xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Zoxidjan Muratovich Ziyaev 2007 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bakalavr bosqichini, 2010 yilda Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti magistratura bosqichini, shuningdek 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Zoxidjan Muratovich Ziyaev 2010-2012 yillar mobaynida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida, 2012-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida bo‘lim boshlig‘i, 2015-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida boshqarma boshlig‘i, 2017-2019 yillar oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Oilali, ikki nafar farzandi bor.

Tugmani bosing Tinglash