Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrgacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma'lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo'yicha o'tkazilayotgan so'rovnomada, savolnomani to'ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

2019 yil 30 yanvar kuni soat 13:00 da Toshkent shahridagi Inxa universitetida “Milliy statistika tizimi: nazariya va amaliyot” mavzusida “Davra suhbati” bo`lib o`tdi.

Tadbirda, Davlat statistika qo`mitasi, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi xodimlari, Toshkent shahridagi Inxa universiteti o`qituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida ta`kidlanganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 31 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori soha faoliyatini yangi bosqichga ko`tarish, statistika axborotlarini yig`ish, to`plash, saqlash, qayta ishlash hamda ularni Internet tarmog`i, ommaviy axborot vositalari va mahalliy telekanallar orqali keng tarqatishni yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Davra suhbati davomida O`zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglarda xolis va to`g`ri baholanishini ta`minlash maqsadida, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan xalqaro tashkilotlarning 23 savolnomasi doimiy ravishda to`ldirib kelinayotgani qayd etib o`tildi. Hozirda qo`mita Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro valyuta jamg`armasi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqa o`rnatib, statistika sohasida samarali hamkorlik ishlarini olib bormoqda.