Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 sentyabridan 30 noyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.(So`rovnomaga o`tish>>>)

 
"Call centre" aloqa markazi : (71) 203-45-00

Hududiy dehqon bozorlaridagi ayrim mahsulotlarning o'rtacha narxlari (6-aprel holatiga)

Sabzi

Sabzi 1kg (so'm)

2600 so'm

Kartoshka

Kartoshka 1kg (so'm)

4495 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

2668 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

2077 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti 1kg (so'm)

63570 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti 1kg (so'm)

69411 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti 1kg (so'm)

26029 so'm

Sut

Sut 1litr (so'm)

6716 so'm

Tuxum

Tuxum 10 ta (so'm)

10473 so'm

Bodring

Bodring 1kg (so'm)

15078 so'm

Pomidor

Pomidor 1kg (so'm)

15371 so'm

Un

Bug'doy uni 1kg (so'm)

5273 so'm

TADBIRKORLAR UCHUN

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

     UzAuto Motors kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan barcha avtomobillar narxini pasaytirish rejalashtirilgan. Bu haqda UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

“Barcha ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning tannarxini pasaytirish ustida ishlanmoqda”, – dedi Rustam Rajabov.

 “Daryo” muxbirining aynan qaysi turdagi mashinalar va necha foizga narxlar pasaytirilishi haqidagi savoliga UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori “O‘tgan 2020-yilda narxlarni qanchaga paysaytirgan bo‘lsak, bu yil ham undan kam bo‘lmagan miqdorda narxlar pasaytiriladi”, — deya javob berdi.

    Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors 9-mart kuni o‘zi ishlab chiqarayotgan (yig‘ayotgan) yengil avtomobillar narxini model va modifikatsiyaga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshirgan edi. O‘shanda “O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisi Shavkat Umurzoqov “Qayerda eski narxlarni saqlab qolish imkoni bor bo‘lgan bo‘lsa biz ularni saqlab qoldik. Kompaniya shunchaki foyda ko‘rishni istaganida narxlar 3—20 foizga emas, balki 40 va undan ko‘proq foizga oshardi”, deya yengil avtomobillarning narxi oshganiga munosabat bildirgandi.

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan UzAutoMotors AJda avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo‘llanilishi borasida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida qonun buzilishi alomatlari aniqlandi. Lekin kompaniya buni tan olmagan. Holat yuzasidan 2020-yilning iyul oyida UzAuto Motors’ga nisbatan ish qo‘zg‘atgandi. Qo‘mitaning 2020-yil 19-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida maxsus komissiya tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganini tasdiqlagan. Unga ko‘ra, avtomobillar narxi 3 million so‘mdan 19 million so‘mgacha asossiz oshirilgani aniqlangan. Qo‘mita narxlarning asossiz oshirilgan qismlarini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. UzAuto Motors esa bunga “avtomobillar narxi asosli va hozir narxni pasaytirish imkonsiz” deya javob qaytargan edi.

    Mazkur o‘rganish natijalari omma uchun e’lon qilingach, UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror ustidan sudga shikoyat qilishini bildirgandi va keyinroq kompaniya Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat qilgani ma’lum bo‘lgandi.

   UzAuto Motors va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘rtasidagi sud jarayoni 2-oktabr kuni boshlangan, 9-oktabrda o‘tkazilgan sud majlisida UzAuto Motors tovarlar narxini shakllantirish maxfiy hujjatlarga asoslanganini bildirgan va sud 16-oktabrdagi majlisda ishni yopiq tartibda ko‘rishni boshlagandi.

   23-oktabrda bo‘lib o‘tgan sud majlisida UzAuto Motors chetdan olib kelingan butlovchi ehtiyot qismlarning narxi oshishi, xorijiy valyuta kursi oshishi tannarxlarning shakllantirishida ta’sir qilishini ta’kidlab, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bu holatni hisobga olmaganini bildirgan. Bunga javoban qo‘mita vakillari tekshirish davomida bir necha marotaba hujjatlar taqdim etish so‘ralganida kompaniya tomonidan tegishli hujjatlar o‘z vaqtida taqdim etilmagani, tekshirish muddati yakunlanishiga kam vaqt qolgani sababli umumiy hisob-kitoblar tanlov asosida o‘rganib chiqilganini ma’lum qilgan.

   Toshkent shahar ma’muriy sudining 2020-yil 30-oktabrdagi hal qiluv qaroriga asosan arizachi UzAuto Motors’ning javobgar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan ish bo‘yicha 2020-yil 19-avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyat arizasi qanoatlantirildi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 18-noyabr kuni UzAuto Motors ishi bo‘yicha Toshkent shahar ma’muriy sudi qarori ustidan appelyatsiya shikoyatini kiritgandi. Ammo shikoyat qanoatlantirilmagan.

    Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi UzAutoMotors’ning avtomashinalar narxini oshirganini keskin qoralab chiqqan. Shavkat Mirziyoyev ham avtomobillar narxi oshirilganini tanqid qilib, avvalo xalqning sotib oluvchanlik qobiliyatini mustahkamlash kerakligini ta’kidlagandi.

    Bundan avval O‘zbekistonda Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti xaridi uchun shartnoma berish 3-martdan qayta tiklanishi, O‘zbekistonda Chevrolet Onix 9—12 ming dollar atrofida sotilishi kutilayotgani hamda UzAuto Motors Lacetti’ning yangi Redline modelini ishlab chiqarishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.

Tugmani bosing Tinglash