Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Joriy yilning 22- iyun sanasidan boshlab, Toshkent viloyati statistika boshqarmasiga telefon tarmog‘i orqali murojaat qiluvchilar (71) 230-xx-xx raqamlari o‘rniga (71) 202-xx-xx raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Hududiy dehqon bozorlaridagi ayrim mahsulotlarning o'rtacha narxlari (2-sentabr holatiga)

Sabzi

Sabzi 1kg (so'm)

2650 so'm

Kartoshka

Kartoshka 1kg (so'm)

3650 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

2076 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

1600 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti 1kg (so'm)

60400 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti 1kg (so'm)

66000 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti 1kg (so'm)

24400 so'm

Sut

Sut 1litr (so'm)

4500 so'm

Tuxum

Tuxum 10 ta (so'm)

9300 so'm

Bodring

Bodring 1kg (so'm)

2500 so'm

Pomidor

Pomidor 1kg (so'm)

2150 so'm

Un

Bug'doy uni 1kg (so'm)

4705 so'm

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Яндекс.Погода

TADBIRKORLAR UCHUN

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining oʻrinbosari Aleksey Overchukni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari koronavirus infeksiyasining global miqyosda tarqalishi bilan bogʻliq zamonaviy xavf-xatarlarga qaramay mamlakatlarimiz oʻrtasidagi faol muloqot davom etayotgani va koʻp qirrali Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligi surʼati saqlab qolinayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oʻzaro tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari ortayotgani kuzatilmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilyapti, qoʻshma korxonalar soni koʻpaydi.

Oʻzbekiston Prezidenti koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda yaqin va samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilganini alohida taʼkidladi.

Rossiya Hukumati Raisining oʻrinbosari Aleksey Overchuk uchrashuv oʻtkazish imkoniyati uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Hukumati Raisi Mixail Mishustinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida hamkorlikni yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Iqtisodiy kooperatsiya boʻyicha uzoq muddatli dastur tayyorlash, qoʻshma investitsiya loyihalarini ilgari surish, mamlakatlarimiz hududlari oʻrtasidagi amaliy aloqalarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlari kun tartibini yangi mazmun bilan boyitish maqsadida hamkorlikdagi ustuvor dastur va loyihalarni jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, mamlakatimizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi va MDH doirasidagi yaqin muloqotlarni davom ettirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

 

 

OʻzA
Tugmani bosing Tinglash