Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Joriy yilning 22- iyun sanasidan boshlab, Toshkent viloyati statistika boshqarmasiga telefon tarmog‘i orqali murojaat qiluvchilar (71) 230-xx-xx raqamlari o‘rniga (71) 202-xx-xx raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Hududiy dehqon bozorlaridagi ayrim mahsulotlarning o'rtacha narxlari (21-Iyul holatiga)

Sabzi

Sabzi 1kg (so'm)

2179 so'm

Kartoshka

Kartoshka 1kg (so'm)

3816 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

785 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

1733 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti 1kg (so'm)

55983 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti 1kg (so'm)

59210 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti 1kg (so'm)

24133 so'm

Sut

Sut 1litr (so'm)

4920 so'm

Tuxum

Tuxum 10 ta (so'm)

8691 so'm

Bodring

Bodring 1kg (so'm)

2728 so'm

Pomidor

Pomidor 1kg (so'm)

3983 so'm

Un

Bug'doy uni 1kg (so'm)

4912 so'm

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Яндекс.Погода

TADBIRKORLAR UCHUN

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyul kuni hududlarda koronavirus bilan bogʻliq murakkab vaziyatni tartibga solish boʻyicha koʻrilayotgan choralar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Butun dunyoda COVID-19 tarqalishi hamon davom etmoqda. Mamlakatimizda oxirgi besh kunda infeksiya yuqtirganlar soni 3 mingtaga koʻpayib, 21 ming 700 nafarga yetdi.

Jumladan, Toshkent viloyatida 347 ta, Qashqadaryoda 193 ta, Surxondaryoda 130 ta, Samarqandda 123 ta, Sirdaryoda 83 ta, Andijonda 79 ta yangi kasallanganlar aniqlangan. Buxoro, Fargʻona, Samarqand, Namangan, Toshkent, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpogʻistonda pnevmoniya holatlari ancha koʻpaygan.

Maʼlumki, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, yurtimizda karantin talablari muddati 15-avgustgacha uzaytirildi. Shu bilan birga, hozirgi vaziyat pandemiyaga qarshi kurash ishlarini yana-da kuchaytirishni talab etmoqda.

Yigʻilishda bu borada hududlarda dolzarb boʻlib turgan masalalar koʻrib chiqilib, qoʻshimcha vazifalar belgilandi.

Respublika maxsus komissiyasiga joylardagi epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish va kasallarni davolashga amaliy yordam beradigan guruhlar tuzib, har bir hududga yuborish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Ushbu guruhlarga mutasaddi idoralar, ixtisoslashgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy oʻquv yurtlari rahbar va mutaxassislari, shuningdek, nafaqadagi tajribali shifokorlar jalb etiladi. Bu hududlarda aholiga erta va aniq tashxis qoʻyish, bemorlarni kasallik darajasiga qarab toʻgʻri va malakali davolashda muhim omil boʻladi.

Hokimliklarga koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalar tashkil etish, intensiv va reanimatsiya oʻrinlarini koʻpaytirish, ularni zarur tibbiy jihozlar va dori-darmon bilan taʼminlash vazifasi qoʻyildi. Toshkent shahridagi tajriba asosida COVID-19 va pnevmoniya bilan kasallanganlarga dastlabki malakali tibbiy yordam koʻrsatadigan “maxsus poliklinikalar” tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.

Davlat rahbari ogʻir kasallar ahvolini yengillashtiradigan tibbiy uskunalar taʼminoti masalasiga alohida toʻxtaldi.

Qayd etilganidek, oxirgi ikki haftada qoʻshimcha ravishda 370 ta sunʼiy nafas oldirish apparati, 1 ming 41 ta portativ nafas oldirish uskunasi, 1 ming 164 ta kislorod konsentratori va boshqa zarur tibbiy jihozlar olib kelinib, hududlarga tarqatildi. Kasallar koʻpayishi mumkinligini hisobga olib, Respublika maxsus komissiyasiga joylarga yana qoʻshimcha uskunalar yetkazish boʻyicha topshiriq berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 25-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tashkil etildi. Ushbu xizmatning bugungi kundagi eng asosiy vazifasi virus zanjirini uzish hisoblanadi. Shuningdek, sogʻliqni saqlash tizimi, hokimliklar bilan birgalikda bemorlarni sogʻaytirish va ulardan boshqalarga virus yuqishini kamaytirish ham eng muhim yoʻnalishdir.

Yigʻilishda yosh bolalar, homilador ayollar, keksalar, nogironligi va surunkali kasalligi boʻlgan fuqarolar salomatligi ustidan tizimli monitoring olib borish muhimligi belgilandi.

Karantin davrida biror bir ehtiyojmand oila eʼtibordan chetda qolmasligi, kam taʼminlangan aholi qatlamiga moddiy yordam, oziq-ovqat va dori-darmonlarni manzilli yetkazib berish tizimi “soat”day aniq ishlashi kerakligi taʼkidlandi.

– Hozirgi sharoitda kasallarni davolashga ham, iqtisodiyotni ishlatishga ham majbur va masʼulmiz. Shuning uchun aholi salomatligini saqlash, ayni paytda temir intizom bilan hamma ishlarni davom ettirishimiz kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Hokimlar oʻz hududidagi real vaziyatdan kelib chiqib, aniq choralar koʻrishi boʻyicha topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, 65 yoshdan oshganlar zarurat boʻlmasa uydan chiqmasligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishning ahamiyati qayd etildi.

Videoselektor yigʻilishida hokimlar va sektor rahbarlari qatnashganidan foydalanib, eksport va investitsiya masalalari, byudjet tushumlari prognozining bajarilishi, gʻoʻza parvarishi va ekinlarni sugʻorish ishlarining borishi koʻrib chiqildi. Bular yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisoboti eshitildi.

 

 

 
O'zA
Tugmani bosing Tinglash