Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Xoʼjalik yurituvchi subʼyektlar diqqatiga! oyning 5 sanasidan kechiktirmay 1-K shakli oylik (Tashkilot faoliyati toʼgʼrisida) hisobotini eStat 3.0 avtomatlashtirilgan tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishlari lozimligi yuzasidan ogohlantirib oʼtamiz

Toshkent viloyat statistika boshqarmasida"Call centre" tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon :(+998971)230-86-76

HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI (1-YANVAR HOLATIGA)

Sabzi

Sabzi1kg (so'm)

2275so'm

Kartoshka

Kartoshka1kg (so'm)

2993 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

2132 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

2067 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti1kg (so'm)

52914so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti1kg (so'm)

53979so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti1kg (so'm)

23607so'm

TADBIRKORLAR UCHUN

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirish, buning uchun zamonaviy infratuzilma yaratish masalasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Maʼlumki, joriy yil yurtimizda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb eʼlon qilindi. Barcha sohalarda ochiq-oshkoralik va samaradorlikni taʼminlash maqsadida “Elektron hukumat” tizimi keng joriy etilmoqda. Xususan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 178 ta xizmat yoʻlga qoʻyilib, aholining vaqti va xarajatlari tejalmoqda.

Raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi AQSHda 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. Oʻzbekistonda bu koʻrsatkich 2 foizdan ham oshmaydi.

Bu sohani rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Hindiston Respublikasining Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qoshidagi Dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati hamkorligida mamlakatimizda IT-park tashkil etilishi belgilangan edi. 2019-yil 10-yanvarda Vazirlar Mahkamasining shu boradagi qarori qabul qilinib, poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki qurila boshlandi.

Davlatimiz rahbari oʻtgan yili 20-noyabr kuni ushbu parkka tashrif buyurib, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Soha rivojiga yana-da keng sharoit yaratish maqsadida IT-parkning yangi bosqichi qurilishiga tamal toshi qoʻydi.

Hozirda u yerda axborot texnologiyalari sohasi boʻyicha 350 ta mahalliy rezident korxona faoliyat yuritib, 4 mingta mutaxassis ishlamoqda. Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda “1 million dasturchi” loyihasini amalga oshirish boshlandi.

2020-2024-yillarda 14 ta hududda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining filialini tashkil etib, rezidentlar sonini 3 barobar oshirish va xodimlar sonini 40 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan. Buning natijasida kompyuter va dasturlash xizmatlari hajmi ham, eksporti ham ancha oshadi.

Yigʻilishda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hamda uning filiallarini qurish, yuqori texnologiyali infratuzilmalar yaratish masalalari muhokama qilindi.

IT-akademiya, IT-laboratoriya, Kovorking markazi, Mobil dasturlar ishlab chiqish markazi, Masofaviy axborot texnologiyalari markazini barpo etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Davlat buyurtmasi asosida soha va tarmoqlar uchun zarur zamonaviy dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish mexanizmini yoʻlga qoʻyish taklifi bildirildi.

Jahondagi tendensiyalar bilan hamqadam boʻlib, yangi ishlanmalarni hayotga faol joriy etish, yetakchi texnoparklar bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari hamda xorijiy mutaxassislar uchun koʻp qavatli turar joy, mehmonxona, sport majmualari tashkil etish masalasiga ham eʼtibor qaratildi.

Mutasaddilar qurilish va loyihalashtirish ishlarining borishi yuzasidan hisobot berdi.

 

O'zA

Tugmani bosing Tinglash