Joriy yilning 5-aprel kuni mamlakatimizning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to'g'risida muhim ma'lumotlarni yig'ish boshlandi.
Bugun 6 aprel kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasininig MICS kuzatuvlari uchun tanlab olingan hodimlari Toshkent viloyati Qibray tumani "O'tkir" mahallasining 20 ta honadonida MICS multiindikator klaster kuzatuv so'rovnomalari tadqiqot ishlarini tashkil etishdi. Tadqiqot 5 hamda 6-aprel kunlari o'tkazildi. O'tkir mahalla raisi, kotiba va mahalla posponi bilan birgalikda mahallada o'rganiladigan xonadonlar ro'yxati ko'rib chiqildi.
MICS multiindikator klaster kuzatuv so'rovnomalari o'z ichiga Uy xo'jalik so'rovnomasi, 15-49 yoshgacha bo'lgan ayollar individual so'rovnomasi, 5-17 yoshgacha bolalar so'rovnomasi, 5 yoshgacha bo'lgan bolalar so'rovnomalari har bir xonadonda o'tkazildi.