O'zbekiston Respublikasi aholisining sog'ligini saqlash va mustahkamlash hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-6099-son Farmonining ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tatbiq qilish yuzasidan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Viloyat statistika boshqarmasida har shanba kuni ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida jamoa o'rtasida maxsus sport majmualarida o'tkaziladigan haftalik turli sport tadbirlari ham o'tkazilmoqda. Xususan, shu yil 13- fevral kuni reja asosida viloyat statistika boshqarma xodimlari o'rtasida sport musobaqasi o'tkazildi.
Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o'tkazishdan maqsad har bir fuqaroda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, Covid-19ga qarshi ishlarni tizimli va samarali tashkil etish orqali kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.
Matbuot xizmati