Joriy yilning 11-dekabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani 14 - sonli umumta'lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 - noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida"gi 710-son Qarori ijrosi yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Seminarda Zangiota tuman statistika bo'limi yetakchi mutaxassis Б.Исмоилов qarorning mazmun mohiyati to’g’risida va shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida fikr bildirdi.Jumladan ushbu Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o’tkazilishi va O‘zbekiston Respublikasida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021-yil 1 — 25-noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi to’g’risida ma’lumot berilib amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar to’g’risida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek ushbu Qarorda "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida" Nizom, Aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish jarayoniga jalb etiladigan shaxslar mehnatiga haq to‘lash miqdori, O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarini e’lon qilish bo‘yicha “Yo‘l xarita” hamda savolnoma shakllari tasdiqlanganligi yuzasidan tushunchalar berildi.