Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 sentyabridan 30 noyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.(So`rovnomaga o`tish>>>)

Hududiy dehqon bozorlaridagi ayrim mahsulotlarning o'rtacha narxlari (10-noyabr holatiga)

Sabzi

Sabzi 1kg (so'm)

2355 so'm

Kartoshka

Kartoshka 1kg (so'm)

3919 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

1929 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

1881 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti 1kg (so'm)

61152 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti 1kg (so'm)

68431 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti 1kg (so'm)

23783 so'm

Sut

Sut 1litr (so'm)

5066 so'm

Tuxum

Tuxum 10 ta (so'm)

10670 so'm

Bodring

Bodring 1kg (so'm)

11473 so'm

Pomidor

Pomidor 1kg (so'm)

7247 so'm

Un

Bug'doy uni 1kg (so'm)

5120 so'm

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Яндекс.Погода

TADBIRKORLAR UCHUN

 

 

2020 yilning yanvar-oktyabr oyida viloyatda 1 058 ta oilaviy korxonalar yangi tashkil etilgan bo'lib statistik hisobga olingan. Ushbu yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning o'tgan yilning mos davriga nisbatan 97 taga oshib, 4 122 taga etdi.

Viloyatimizda ro'yxatga olingan oilaviy korxonalar soni 4 122 tani tashkil etib. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1 367 taga yoki 49,6 foizga oshgan. 2020 yil 1 noyabr holatiga viloyatda 3 760 ta faoliyat ko'rsatayotgan oilaviy korxonalari hisobga olingan bo'lib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 1 249 taga oshib, 3 760 ta yoki 49,7 foizga etdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha jami faoliyat ko'rsatayotgan oilaviy korxonalarning umumiy soniga nisbatan 32,2 % (1 211 ta) sanoat, 30,5 % (1 146 ta) savdo, 17,8 % (669 ta) yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar, 11,9 % (446 ta) qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi, 0,8 % (29 ta) qurilish, 0,7 % (28 ta) tashish va saqlash, 0,6 % (24 ta) sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar, 0,3 % (12 ta) axborot va aloqa hamda 5,2 % (195 ta) boshqa faoliyat turlari hissasiga to'g'ri keladi.

Shundan ko'rinib turibdiki, faoliyat ko'rsatayotgan oilaviy korxonalarning asosiy qismi sanoat, savdo, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar hamda qishloq o'rmon va baliq xo'jaligilariga to'g'ri keladi.
2020 yil 1 noyabr holatiga faoliyat ko'rsatayotgan oilaviy korxonalarning asosiy ulushi O'rtachirchiq 13,0 %, Zangiota 10,2 %, Toshkent 8,9 %, Yangiyo'l 8,4 %, Yuqorichirchiq 8,2 %, Bo'stonliq 7,8 %, Parkent 7,7 %, tumanlariga to'g'ri keladi.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida yangi tashkil eilgan 1 058 ta oilaviy korxonalarda eng ko'pi savdoda (384 ta), sanoatda (311 ta), qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi (157 ta), yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlarda (137 ta) tashkil etilgan. Eng kam esa sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda (8 ta), qurilishda (7 ta), tashish va saqlashda hamda axborot va aloqada (2 ta) va boshqa faoliyat turlarida (50 ta) tashkil etilgan.

 

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi statistik registrlarni yuritish bo'lim boshlig'i
X.Igamberdiev

Tugmani bosing Tinglash