Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Xoʼjalik yurituvchi subʼyektlar diqqatiga! oyning 5 sanasidan kechiktirmay 1-K shakli oylik (Tashkilot faoliyati toʼgʼrisida) hisobotini eStat 3.0 avtomatlashtirilgan tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishlari lozimligi yuzasidan ogohlantirib oʼtamiz

Toshkent viloyat statistika boshqarmasida"Call centre" tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon :(+998971)230-86-76

HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI (19-May holatiga)

Sabzi

Sabzi1kg (so'm)

2368 so'm

Kartoshka

Kartoshka1kg (so'm)

4595 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

1816 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

2642,5so'm

Mol go`shti

Mol go`shti1kg (so'm)

55194 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti1kg (so'm)

57875 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti 1kg (so'm)

23700 so'm

Sut

Sut 1litr (so'm)

4918 so'm

Tuxum

Tuxum 10 ta (so'm)

8863 сум

Bodring

Bodring1kg(so'm)

4758 сум

TADBIRKORLAR UCHUN

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qator topshiriqlar berilgan edi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan maqsadli va manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida aholini to‘liq qamrab olgan holda tajriba tariqasida kambag‘allik darajasini o‘rganish bo‘yicha kuzatuvlar o‘tkazilishi davom etmoqda.

Kuzatuv davomida Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan aholiga so‘rovnomalarni xato va kamchiliklarsiz to‘ldirish bo‘yicha ma'lumotlar berib borilayapti.

Belgilangan topshiriqlar ijrosi ta'minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasining Demografiya va mehnat statistika boshqarmasi boshlig‘i Qobil Berdiqulov hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Abdubanno Bobomirzaev va uning o‘rinbosari Sherali Umidov kambag‘allik darajasini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilib bormoqda.

Kuzatuv bilan bog’liq masalalar va kuzatuv natijalari bilan tanishtirib boramiz.

Tugmani bosing Tinglash