Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrgacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma'lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo'yicha o'tkazilayotgan so'rovnomada, savolnomani to'ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.


2019 yil 24-iyun kuni Quyi Chirchiq tumanida 2022 yilda bo`lib o`tadigan aholini ro`yxatga olish bo`yicha davra suhbati tashkil etildi.

Shuningdek, mazkur davra suhbatida Quyi Chirchiq tumani statistika bo’limi boshlig’i Isroilov Bekzod, bo’limning bosh mutaxassisi Kamolov Ilyosxon tomonidan o`z ma`ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Quyi Chirchiq tumani statistika bo’limi bosh mutaxassisi Kamolov Ilyosxon so’zga chiqib

O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo`yicha ma`lumot berdi.


Mamlakatimizda oxirgi marta 1989-yilda aholini ro‘yxat­ga olish o‘tkazilgan. Bu esa demografiya va migratsiyadagi o‘zgarishlar, aholi soni, yoshi, jinsi, tarkibi, hududlardagi aholining joylashuvi va boshqa ijtimoiy-demografik ma’lumotlarni qo‘llashda cheklovlarni keltirib chiqarmoqda.