Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrgacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma'lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo'yicha o'tkazilayotgan so'rovnomada, savolnomani to'ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

2019 yil 11 iyun kuni viloyat statistika boshqarmasida seminar bo’lib o’tdi. Seminarni boshqarma boshlig’ining birinchi o’rinbosari korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha idoraviy komissiyasi raisi Sh.Jamoldinov boshqarib bordi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 27 mayda “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
PF-5729-sonli Farmonining mazmun mohiyati, unda belgilab berilgan ustuvor vazifalar yuzasidan tizimdagi barcha xodimlarga tushuntirishlar berildi.

 

Korruptsiya demokratiya va qonun ustuvorligi asoslariga putur yetkazadigan,inson huquqlarining qo’pol ravishda buzilishiga olib keladigan,iqtisodiyotni izdan chiqaradigan,jamiyat va davlat uchun o’ta xavfli bo’lgan uyushgan jinoyatchilikning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradigan tahlikali tizim sifatida fikr-mulohazalar bildirildi.

O’tkazilgan tadbirda boshqarmaning 2019 yil 12 iyundagi 57-sonli buyrug’i bilan Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha idoraviy komissiyasining yangilangan tarkibi bilan tanishtirildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5729-son Farmoni bilan Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligida Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi, 2019-2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi, Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo’yicha maxsus komissiya tarkibi tasdiqlanganligiga alohida to’xtalib o’tdi.

Seminarda davlatimiz rahbarining PF-5729-sonfarmoni bilan tasdiqlangan “2019–2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish davlut dasturi”da belgilab berilgan tizim oldidagi vazifalarga alohida to’xtalib o’tib,seminar ishtirokchilariga boshqarmaning bosh yuriskonsulti I.Nazirova boshqarmaning 2019 yil 8 iyuldagi 58-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Toshkent viloyati statistika boshqarmasi va hududiy statistika bo’limlarida 2019 yilda korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha idoraviy Kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Seminar yig’ilishida korruptsiyaga oid mavzular bo’yicha savol-javoblar bo’lib o’tdi hamdaseminar qatnashchilari o’tkazilgan seminarning mavzusi bo’yicha to’liq tushunchaga ega bo’ldilar.

 

Tugmani bosing Tinglash