Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrgacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma'lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo'yicha o'tkazilayotgan so'rovnomada, savolnomani to'ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

 

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Angren shahar, Quyichirchiq, Oqqo`rg`on tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish  Kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-sonli farmoniga asosan 2022 yilda bo`lib o`tadigan aholini ro`yxatga olish bo`yicha davra suhbatlari tashkil etildi.

O`tkazilgan davra suhbatlarida Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Umidov Sherali, boshqarmaning Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O‘rol Sattorovlar o`z ma`ruzalari bilan ishtirok etishdi.

 Shuningdek, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi.

Tugmani bosing Tinglash