Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrgacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma'lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo'yicha o'tkazilayotgan so'rovnomada, savolnomani to'ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

2019 yil 24-iyun kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Ohangaron tumanida 2022 yilda bo`lib o`tadigan aholini ro`yxatga olish bo`yicha davra suhbati tashkil etildi.

Shuningdek, mazkur davra suhbatida Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Umidov Sherali, boshqarmaning Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O‘rol Sattorovlar o`z ma`ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Umidov Sherali O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo`yicha ma`lumot berdi.

Mamlakatimizda oxirgi marta 1989-yilda aholini ro‘yxat­ga olish o‘tkazilgan. Bu esa demografiya va migratsiyadagi o‘zgarishlar, aholi soni, yoshi, jinsi, tarkibi, hududlardagi aholining joylashuvi va boshqa ijtimoiy-demografik ma’lumotlarni qo‘llashda cheklovlarni keltirib chiqarmoqda.

Shu kabi jihatlar inobatga olingan holda Prezidentimizning 2019-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Mazkur hujjat asosida 2022-yilda mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi va bunga Davlat statisti­ka qo‘mitasi vakolatli organ sifatida belgilandi.

Tugmani bosing Tinglash