Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrgacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma'lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo'yicha o'tkazilayotgan so'rovnomada, savolnomani to'ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

 

Toshkent viloyat statistika boshqarmasining “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida davlat statistika organlari mansabdor shaxslari va xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Yigʼilishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “Oʼzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5729-son Farmonida Davlat statistika qoʼmitasiga belgilab berilgan vazifalar va ushbu Farmon bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturining ijrosi masalalari koʼrib chiqildi.

 Yig'ilishda bo'lim boshliqlari hamda hududiy statistika xodimlari ishtirok etishdi. Aytish joizki, hozirgi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan eng birlamchi masalalardan biri korrupsiya muammosidir. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro miqyosga ko‘tarilib, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Binobarin, ushbu illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq bo‘lishi, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug‘dirishi barchaga ma’lum. Mamlakatimizda mazkur muammoga qarshi kurash masalasiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. O’tgan davr mobaynida korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan mustahkam huquqiy baza va tizimli amaliyot shakllandi. Eng avvalo, respublikamizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOSning Korruptsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi, Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi, xalqaro tijorat tashkilotlarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya, Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konventsiyasi va boshqa xalqaro hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga qarshi kurashda muhim omil vazifasini o‘tamoqda. Korruptsiyaga qarshi kurash sohasida xabardorligi darajasini oshirish va ularga axborot berish maqsadida joriy yilning 19 iyun kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida  “Korruptsiyaga qarshi kurash” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig'i O'rinbosari  Sh.M.Jamoldinov olib bordi. Toshkent viloyat statistika boshqarmasining  Ishonch telefonlari 71-230-86-57, 71-230-86-58 doimiy ishlab kelayotganligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tildi.

Tugmani bosing Tinglash