Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Diqqat! Barcha statistik hisobotlarni taqdim etish uchun stat.uz saytidan eStat 3.0 yangi dasturini ko’chirib oling!!!

“Elektron hukumat”ni shakllantirishda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining roli va o`rni.

“Elektron hukumat” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo`llash hisobiga tashkilotlar va fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari hamda davlat organlarining faoliyati natijalari to`g`risida axborot olish tezkorligi va qulayligining sifat jihatdan yangi darajasini ta`minlovchi davlat loyihasi. 

“Elektron hukumat” tizimi doirasida o`zaro munosabatning asosiy shakllari quyidagilar hisoblanadi:

  • davlat organlarining aholi bilan o`zaro axborot munosabati;
  • davlat organlarining tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro axborot munosabati;
  • davlat organlarining o`zaro axborot munosabati.

“Elektron hukumat” tizimini shakllantirish samaradorligining muhim ko`rsatkichlaridan biri bo`lib, interaktiv davlat xizmatlarini ko`rsatish va ulardan foydalanish huquqini ta`minlash tartibiga muvofiq elektron ko`rinishdagi ustuvor davlat xizmatlarini joriy etish hisoblanadi.

“Elektron hukumat” tizimi orqali amalga oshiriladigan interaktiv davlat xizmatlari, yuqorida sanab o`tilgan yo`nalishlarga muvofiq guruhlangan bo`lishi lozim.

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi – statistika sohasida yaxlit statistik axborot tizimini yaratish va faoliyat yuritishiga yo`naltirilgan yagona siyosatni amalga oshiruvchi davlat hokimiyatining ijro etuvchi organidir.

Davlat statistika organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning asosiy maqsadi – statistik ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishdir. Bunga, respublikada sodir bo`layotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari haqidagi statistika axborotlarini yig`ish, qayta ishlash, to`plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va chop etish kiradi.

Hozirgi vaqtda, tuman va shahar statistika bo`limlarini o`z ichiga olgan Davlat statistika qo`mitasining korporativ axborot tarmog`i faoliyat yuritmoqda. Davlat statistika organlarining barcha axborot resurslari, axborot tizimlari, dasturiy-apparat ta`minoti va telekommunikatsiya vositalarini o`zida mujassamlashtirgan Davlat statistika qo`mitasining Yagona axborot tizimi shakllantirilgan.

Davlat statistika qo`mitasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, davlat statistika organlari tomonidan 14 ta xizmatlar taqdim etilmoqda, ulardan 10 tasi interaktiv ko`rinishda http://www.stat.uz rasmiy sayti orqali amalga oshirilmoqda. Aholi va biznes uchun davlat xizmatlarini taqdim etishni maqbullashtirish hamda ularning ochiqligi va sifatliligini oshirish bo`yicha muntazam ravishda ishlar olib borilmoqda.

“Elektron hukumat” tizimida, asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha statistik ma`lumotlarning samarali qayta ishlanishi va saqlanishini ta`minlash, shuningdek hududiy joylashishidan qat`iy nazar, barcha darajadagi boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga axborotlarni o`z vaqtida va to`liq taqdim etish mexanizmlarini yaratish ko`zda tutilmoqda. Shu munosabat bilan, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish uchun, davlat statistika organlarida AKTdan keng foydalanish asosida statistika faoliyatining samaradorligini oshirish, axborot-tahlil jarayonlari tizimini takomillashtirish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Davlat statistika organlari, fuqarolar va tashkilotlarning axborot jamiyati sharoitlarida faoliyat yuritishlariga imkon beruvchi me`yoriy-huquqiy va uslubiy asoslar shakllantirilmoqda.

Interaktiv xizmatlarning rivojlanishi, ulardan foydalanishning soddaligi va saytning har qanday tashrif buyuruvchisiga qulayligi, davlat statistika organlarining ochiqligini, aholi va tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro munosabatlari jarayonlari esa uni yanada shaffofligini ta`minlaydi.

YANGILIKLARGA OBUNA BO'LING

Tugmani bosing Tinglash