Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrgacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma'lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo'yicha o'tkazilayotgan so'rovnomada, savolnomani to'ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

1.Ro`yxatdan o`tgan yuridik shaxslar holati.

Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sharoitida olib borilgan islohotlar natijasida, 2017 yil 1 yanvar holatiga, Toshkent viloyati bo`yicha ro`yxatdan o`tgan korxonalar va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari) 28,9 mingni tashkil etib, bu ko`rsatkich o`tgan yilga nisbatan 2,8 foizga oshganligini ko`rsatdi. Ushbu korxonalarning asosiy qismi, 180 tasi Zangiota, 109 tasi yuqorichirchiq, 204 tasi Qibray, 59 tasi Parkent, 45 tasi Pskent, 134 tasi O`rtachirchiq, 206 tasi yangiyo`l tumanlariga va 75 tasi Olmaliq, 125 tasi Bekabod shaharlariga to`g`ri keladi.

1-rasm.

Ro'yxatdan o'tgan korxonalar va tashkilotlar soni dinamikasi

 1

 

Toshkent viloyati hududida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari)

2

 

2. Faoliyat ko`rsatayotgan yuridik shaxslar faolligi.

Shu bilan birga, 2017 yil 1 yanvar holatiga kelib, viloyatda faoliyat ko`rsatayotgan yuridik shaxslar soni (fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari) 25,0 mingdan ortdi.
Mazkur ko`rsatkich viloyat bo`yicha 2010 yilga nisbatan 1,8 marta, Chinoz 2,3 marta, Angren 2,2 marta, Qibray, Parkent, yuqorichirchiq 2,1 marta, Zangiota 1,9 marta, O`rtachirchiq, Olmaliq, Oqqo`rg`on, Pskent 1,8 marta, yangiyo`l, Bekabod, Qo`yichirchiq 1,7 marta,Ohangaron 1,6 marta, Bo`stonliq, Chirchiq 1,4 marta, Bo`ka 1,1 marta va Bekabod shahri esa 1 martaga o`sgan.

2-rasm

3

Iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha solishtirilganda, sanoat tarmog`ida – 1,8 marta, qurilish tarmog`ida - 1,0 marta, transport va aloqa sohasida esa – 1,7 marta ortganligini ko`rish mumkin.
Shuningdek, hududlar kesimida esa, faoliyat ko`rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning asosiy qismi, ya`ni 12,9 foizi Zangiota, 10,6 foizi Parkent, 10,0 foizi Qibray, 8,4 foizi yangiyo`l, 5,9 foizi yuqorichirchiq, 5,8 foizi Oxangaron, 5,6 foizi O`rtachirchiq, 4,9 foizi Bo`ka, 4,8 foizi Bo`stonliq, Bekabod, 4,4 foizi Angren, 3,9foizi Chirchiq, 3,6 foizi Chinoz, 3,3 foizi Oqqo`rg`on, Quyichirchiq, Pskent, 2,7 foizi Olmaliq va 1,9 foizi Bekabod shahari to`g`ri keladi.

1-jadval

4

Iqtisodiyot tarmoqlari kesimida 2017 yil 1 yanvar holatiga viloyatda faoliyat ko`rsatayotgan 25,0 mingta yuridik shaxsning (fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari) 4,5 mingtasi sanoat, 1,5 mingtasi qurilish, 2,3 mingtasi qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi, 5,9 mingtasi savdo, 0,8 mingtasi tashish va saqlash, 1,9 mingtasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 0,4 mingtasi axborot va aloqa, 0,7 mingtasi sog`likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish hamda 7,0 mingtasi boshqa faoliyat turlari hissasiga to`g`ri keladi.

3-rasm

5

 

2017 yil 1 yanvar holatiga viloyatda faoliyat ko`rsatayotgan yirik tijorat korxonalari soni (fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari) 263 tani tashkil etdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida mazkur korxonalar va tashkilotlarning 12 tasi qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi, 85 tasi sanoat, 27 tasi qurilish, 52 tasi savdo, 31 tasi tashish va saqlash, 14 tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 19 tasi sog`likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish hamda 23 tasi boshqa faoliyat turlari hissasiga to`g`ri keladi.

4-rasm

6

 

 

2017 yil 1 yanvar holatiga viloyatda faoliyat ko`rsatayotgan xorij kapitali ishtirokidagi korxonalarning umumiy soni 538 tani tashkil etadi.

7

Ushbu sub`ektlardan 65 tasi Xitoy Xalq Respublikasi, 49 tasi Turkiya Respublikasi, 46 tasi Rossiya Federatsiyasi, 38 tasi Koreya Respublikasi, 33 tasi Buyuk Britaniya, 15 tasi Qozog`iston Respublikasi, 13 tasi GFR, 12 tasi eron Islom Respublikasi, 11 tasi AQSh rezidentlari kapitali ishtirokida tashkil etilgan.

8

3. Oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishi

Mamlakatimizda “Oilaviy tadbirkorlik to`g`risida”gi Qonunning qabul qilinishi, tadbirkorlikning rivojlanishida yangi tashkiliy-huquqiy shaklni kirib kelishiga zamin yaratdi. yuridik shaxs sifatida davlat ro`yxatidan o`tgan oilaviy korxonalar soni - 2013 yilning 1 yanvar holatiga 61 tani tashkil etib, 2014 yilda 314 ta, 2015 yilda 587 ta, 2016 yilda 822 ta, 2017 yilda esa 1114 taga yetdi. Bu esa, faqatgina so`nggi yilda ularning 35,5 foizga o`sganligini ko`rsatdi.

9

Oilaviy korxonalarning asosiy qismi, ya`ni 45 tasi Ohangaron, 7 tasi Bekabod, 47 tasi Bo`stonliq, 26 tasi Bo`ka, 302 tasi Zangiota, 73 tasi yuqorichirchiq, 64 tasi Qibray, 159 tasi Parkent, 18 tasi Pskent, 56 tasi O`rtachirchiq, 23 tasi Chinoz, 192 tasi yangiyo`l, 20 tasi Olmaliq, 67 tasi Angren, 8 tasi Bekabod shahri, hamda 7 tasi Chirchiq shahriga to`g`ri keladi.

10

 

Tugmani bosing Tinglash