Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrgacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma'lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo'yicha o'tkazilayotgan so'rovnomada, savolnomani to'ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

Toshkent viloyati O'zbekiston tarkibida 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan bo'lib, respublikaning shimoliy-sharqida joylashgan. Maydoni 15,25 ming kv.km.Viloyatda 4 ta shahar, 14 ta tuman va tuman hududidagi 11 ta shahar, 97 ta shahar qo'rg'oni va 146 ta qishloq fuqarolari yig'inlari mavjud.

Ma'muriy markazi - Toshkent shahri.

Yirik shaharlari - Angren, Bekobod, Olmaliq va Chirchiq.Toshkent viloyati Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston davlatlari hamda sharqdan Namangan, janubiy g'arbdan Sirdaryo viloyatlari bilan chegaradosh. Viloyatning shimoliy-sharqiy va sharqiy qismini  Chotqol, Qurama, Pskom va Ugom tizma tog'ari tashkil qiladi. Hududning katta qismi janub va janubiy g'arbga tomon Sirdaryoga qiya tushgan tog'oldi tekisligidan iborat. Viloyat yuqori seysmik zonada joylashgan.

Iqlimi kontinental. Qishi nam, nisbatan yumshoq, yozi issiq, quruq. Bahorda va yozgi mavsumda jala yomg'irlar, momoqaldiroq va do'l yog'ishi, shuningdek shamolning sezilarli kuchayishi kuzatiladi.Tabiati qushlarga va hayvonlarga, suvlari baliqlarga boy bo'lib, Chotqol tog'-o'rmon qo'riqhonasi joylashgan.Viloyatda ilmiy-texnikaviy salohiyatdan samarali foydalanish tufayli ishlab chiqarish kuchlari bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda rivojlanib bormoqda.Viloyatda sanoat, qurilish, transport, aloqa, qishloq ho'jaligi, hususiylashtirish, savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar, tadbirkorlik va mexnat bozori, ijtimoiy sohalar ancha rivojlangan.

Tugmani bosing Tinglash