Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Diqqat! Barcha statistik hisobotlarni taqdim etish uchun stat.uz saytidan eStat 3.0 yangi dasturini ko’chirib oling!!!

 

 1868 yil Turkiston General Gubernatorligi General-Gubernatorining 1868 yil 22 yanvardagi 13-sonli buyrug'iga asosan Turkiston statistika qo'mitasi tashkil etilgan. Qo'mita General - Gubernatorlik kantselyariyasi mudiri raisligida faoliyat yuritgan.

 1887 yil O'lka General Gubernatorining 1887 yil 29 avgustdagi 98-sonli buyrug'iga asosan Sirdaryo, Samarqand va Farg'ona viloyatlari statistika qo'mitalari tashkil etilgan. Ushbu qo'mitalar Rossiya Ichki ishlar vazirligi Markaziy statistika qo'mitasining bevosita rahbarligi ostida faoliyat yuritgan.

 1919 yil Turkiston ASSR Markaziy ijroiya komitetining 1919 yil 17 dekabrdagi 140-sonli dekretiga asosan Turkiston ASSR Markaziy statistika boshqarmasi tashkil etilgan.

 1924 yil SSSR Markaziy statistika boshqarmasi O'rta Osiyo bo'yicha muxtor vakilining 1924 yil 30 noyabrdagi 1-sonli buyrug'iga asosan O'zbekiston SSR Markaziy statistika boshqarmasi tashkil etilgan. Boshqarma 1925 yil 22 martdan O'zbekiston SSR Markaziy ijroiya komitetining qaroriga asosan Samarqand shahriga (Qarshi ko'chasi 18-uy) ko'chirilgan va 1931 yil 7 yanvargacha shu joyda faoliyat olib borgan.

 1930 yil SSSR Xalq komissarlari soveti va Markaziy ijroiya komitetining 1930 yil 23 yanvardagi qaroriga asosan O'zbekiston SSR Davlat plan komitetining Iqtisodiy-statistik sektori tashkil etilgan.

 1931 yil SSSR Xalq komissarlari soveti va Markaziy ijroiya komitetining 1931 yil 17 dekabrdagi qaroriga asosan O'zbekiston SSR Davlat plan komiteti huzuridagi Xalq xo'jaligi hisobi boshqarmasi tashkil etilgan.

 1941 yil SSSR Xalq komissarlari soveti va TSK VKP(b)ning 1941 yil 21 martdagi qarori hamda SSSR Davlat plan komiteti Markaziy statistika boshqarmasining 1941 yil 27 martdagi 77-sonli buyrug'iga asosan O'zbekiston SSR Statistika boshqarmasi tashkil etilgan.

 1944 yil SSSR Xalq komissarlari sovetining 1943 yil 15 dekabrdagi 1377-sonli qarori va SSSR Davlat plan komitetining 1943 yil 23 dekabrdagi 1319-sonli buyrug'iga asosan SSSR Davlat plan komitetining O'zbekiston SSR bo'yicha Muxtor statistika boshqarmasi tashkil etilgan.

 1948 yil SSSR Ministrlar Sovetining 1948 yil 10 avgustdagi 3018-sonli qarori va SSSR Markaziy statistika boshqarmasining 1948 yil 14 avgustdgi 14-sonli buyrug'iga asosan O'zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Statistik boshqarmasi tashkil etilgan.

 1960 yil O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1960 yil 9 fevraldagi 75-sonli farmoniga asosan O'zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Markaziy statistika boshqarmasi tashkil etilgan.

 1978 yil O'zbekiston SSR Oliy Sovetining 1978 yil 26 iyuldagi 492-IX-sonli qaroriga asosan O'zbekiston SSR Markaziy statistika boshqarmasi tashkil etilgan.

 1987 yil O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1987 yil 24 avgustdagi 1867-XI-sonli farmoniga asosan O'zbekiston SSR Davlat statistika Qo'mitasi tashkil etilgan.

 1992 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 5 avgustdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistik davlat komitetini tshkil etish to'g'risidagi PF-449-sonli farmonig asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat komiteti tashkil etilgan.

 1997 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 15 maydagi O'zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo'mitasini Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga yo'naltirish to'g'risidagi PF-1870-sonli farmoniga asosan O'zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot v statistika vazirligi tashkil etilgan.

 2002 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 dekabrdagi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to'g'risidagi PF-3183-sonli farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi 8-sonli qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tashkil etilgan.

YANGILIKLARGA OBUNA BO'LING

Tugmani bosing Tinglash