Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Diqqat! Barcha statistik hisobotlarni taqdim etish uchun stat.uz saytidan eStat 3.0 yangi dasturini ko’chirib oling!!!

Boshqarma nizomi >>

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi O'zbekiston respublikasining "Davlat statistikasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 dekabrdagi "Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to'g'risida"gi PF-3183-sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 yanvardagi"O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 8-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Boshqarma O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi yagona tizimi tarkibidagi hududiy davlat statistika organi hisoblanadi. Boshqarma davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, fuqarolar va tashkilotlarning rasmiy statistik ma'lumotlarga bo'lgan talabini qondiruvchi, yaxlit progressiv statistik axborot tizimining faoliyatini ta'minlovchi davlat statistikasi sohasidagi yagona siyosatni amalga oshiradi. 
  Boshqarma statistika ishlarini tashkil etishni quyidagi tamoyillar asosida ta'minlaydi: 
 • ishonchlilik, xolislik, beg'arazlik; 
 • dolzarblik, qiyosiylik va barqarorlik; 
 • qulaylik, ochiq-oydinlik va oshkoralik; 
 • statistika ma'lumotlarini yig'ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashishni istisno etish. 
 Boshqarma o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Davlat statistika qo'mitasining buyruqlari, qarorlari, ko'rsatmalariga amal qiladi. 

Asosiy vazifalari:                                           

Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: 

• davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni amalga oshirish va statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta'minlash; 
• halqaro standartlarga muvofiq bo'lgan yagona statistika metodologiyasini hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini joriy etish; 
• ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to'g'risidagi statistika axborotlarini yig'ish, qayta ishlash, to'plash, saqlash, umumlashtirish va tahlil qilish; 
• Toshkent viloyatidagi davlat organlarini va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini, yuridik shaxslarni, davlat muassasalarini, shuningdek jamoatchilikni statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda ta'minlash; 
• korhonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini, statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo'lgan iqtisodiy-statistik klassifikatorlar tizimini yuritishda ishtirok etish.

 

 

YANGILIKLARGA OBUNA BO'LING

Tugmani bosing Tinglash