Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Xoʼjalik yurituvchi subʼyektlar diqqatiga! oyning 5 sanasidan kechiktirmay 1-K shakli oylik (Tashkilot faoliyati toʼgʼrisida) hisobotini eStat 3.0 avtomatlashtirilgan tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishlari lozimligi yuzasidan ogohlantirib oʼtamiz

Toshkent viloyat statistika boshqarmasida"Call centre" tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon :(+998971)230-86-76

HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI (1-YANVAR HOLATIGA)

Sabzi

Sabzi1kg (so'm)

2275so'm

Kartoshka

Kartoshka1kg (so'm)

2993 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

2132 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

2067 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti1kg (so'm)

52914so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti1kg (so'm)

53979so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti1kg (so'm)

23607so'm

TADBIRKORLAR UCHUN

Toshkent viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi

Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo`yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o`sish sur`atlarini ta`minlash imkonini bermoqda. Toshkent viloyatida 2000-2019 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaHMdagi ulushi 34,0 foizdan 52,7 foizga o`sib, 18,7 foiz birlikka ortgan (1-rasm).

1-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaHMdagi ulushi

Kichik biznes sub`ektlarining demografiyasi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini har tomonlama qo`llab quvvatlash va ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ularning soni yil sayin oshib bormoqda. 2020 yil 1 yanvar holatiga Toshkent viloyatida faoliyat ko`rsatayotgan kichik biznes sub`ektlari soni (dehqon va fermer xo`jaliklaridan tashqari) 32602 tani tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 24828 taga yoki 4,19 barobar ko`paygan (2-rasm).

2-rasm. Faoliyat ko`rsatayotgan kichik biznes sub`ektlari soni 

(1 yanvar holatiga, ming birlikda)

2020 yil 1 yanvar holatiga iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha 9576 ta kichik biznes sub`ektlari (jami sub`ektlarning 29,4 foizi) savdo sohasida, 7455 tasi (22,9 foizi) sanoatda, 2960 tasi (9,1 foizi) qurilishda, 4139 tasi (12,7 foizi) qishloq va o`rmon xo`jaliklarida, 2896 tasi (8,9 foizi) yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar ko`rsatish sohasida, 427 tasi (1,3 foizi) axborot va aloqa sohasida, 507 tasi (1,6 foizi) sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda, 1292 tasi (4,0 foizi) yuk tashish va saqlash sohasida, 3350 tasi (10,3 foizi) boshqa sohalarda faoliyat ko`rsatmoqda (3-rasm).

 3-rasm. 2020 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko`rsatayotgan

kichik biznes sub`ektlari sonining iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha taqsimlanishi

Kichik biznesning iqtisodiyotda band bo`lganlar sonidagi ulushi turli xorijiy davlatlar ko`rsatkichlari bilan taqqoslanganda, Yaponiyada bu ko`rsatkich 78,0 foizni, Italiyada 71,0 foizni, Germaniyada 69,5 foizni, Buyuk Britaniyada 56,0 foizni, AQShda 54,0 fizni, Rossiyada 25,6 foizni tashkil etganligini ko`rishimiz mumkin (4-rasm). Ko`rinib turibdiki, mamlakatimizda mazkur sohaning iqtisodiyotda bo`lganlar sonidagi ulushi rivojlangan davlatlar ko`rsatkichlaridan ham yuqori darajaga yetgan. Bu mamlakatimizda aholi bandligini ta`minlash bo`yicha aniq, manzilli choralar ko`rilayotganidan dalolatdir.

4-rasm. Dunyoning turli davlatlarida kichik biznesning iqtisodiyotda band bo`lganlarning umumiy sonidagi ulushi

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o`rni. Kichik biznesning iqtisodiyotdagi ahamiyati uning sohada raqobat muhitini ta`minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot yetkazib berish, yangi ish o`rinlarini yaratish, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari hajmining o`sishini ta`minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ichki bozorimizni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to`ldirishda, aholini ish bilan ta`minlash va daromadi ko`payib, farovonligi oshib borishiga erishishda eng asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Sanoat. Mazkur tarmoqda kichik biznes sub`ektlarining yuqori sur`atlarda o`sishi, qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, yagona soliq to`lovi stavkalarining pasaytirilishi, resurslardan va ishlab chiqarish infratuzilmalaridan foydalanishga ruxsat berish shartlarining soddalashtirilishi hamda kichik biznes sub`ektlarini yirik kompaniyalar bilan kooperatsiya aloqalarining kuchayishi natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 2000 yildagi 8,1 foizdan 2019 yilda 27,6 foizga yoki 19,5 foiz birlikka sezilarli daraja o`sdi (5-rasm).

5-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi

2019 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan jami sanoat mahsulotlarining 27,6 foizi ishlab chiqarilgan.

So`nggi yillarda sanoatning asosiy tarmoqlarida, ayniqsa oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va metallga ishlov berish sanoati, kimyo va neft-kimyo sanoati hamda farmatsevtika sanoatida faoliyat yuritib kelayotgan kichik biznes sub`ektlari sonining oshib borayotganligi va ular tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o`sish sur`atlari qayd etilayotganligi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushini barqaror ravishda oshib borishini ta`minlashda asosiy omillardan biri bo`lib xizmat qilmoqda.

Shu o`rinda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son “O`zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Farmoniga muvofiq, sanoatning sermehnat tarmoqlari bo`lmish oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat va qurilish materiallari sanoati tarmoqlarida kichik korxonalar xodimlarining o`rtacha yillik cheklangan soni 200 kishigacha oshirilganligi mazkur tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub`ektlari sonining ko`payishiga imkoniyat yaratib berayotganligini alohida qayd etish zarur.

1-jadval

Hududlar bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi (foizda) 

1-jadval ma`lumotlariga asosan 2019 yilda hududlar bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi bo`yicha eng yuqori ko`rsatkich Toshkent tumanida 93,4 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Quyichirchiq tumanida bu ko`rsatkich 86,6 foizni va Parkent tumanida 85,7 foizni tashkil etgan. Mazkur ko`rsatkich bo`yicha o`rta darajada bo`lgan Oqqo’rg’on tumanida 59.0 foizni hamda Chinoz tumanida 57,5 foizni qayd etgan. Olmaliq shahrida bu ko`rsatkich 2,0 foizni va Bekabod shaharda 4,3 foizni tashkil etib, past darajani qayd etgan.

Qurilish. Qishloq joylarda namunaviy uylar qurish bo`yicha Hukumat dasturlarining qabul qilinishi kichik biznes sub`ektlari tomonidan respublikamizda, shu jumladan qishloq joylarda qurilish ishlari hajmining barqaror o`sishini ta`minladi. Turar joylarning qurilishi bilan birga, ijtimoiy infratuzilma ob`ektlari, qishloq vrachlik punktlari, umumta`lim muassasalari, xizmat ko`rsatish va servis sohalaridagi ob`ektlarning qurilishi kichik biznes sub`ektlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining qurilish sohasidagi ulushi 2000 yilda 33,7 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2019 yilda 78,3 foizga yetib, 40,1 foiz birlikka sezilarli darajada oshgan (6-rasm).

6-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qurilishdagi ulushi

2019 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan 3821,4 mlrd. so`mlik qurilish ishlari bajarilgan (jami qurilish ishlari hajmining 78,3 foizi) yoki 2018 yilga nisbatan 3,2 foizga o`sgan. Shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2445,1 mlrd. so`mlik qurilish ishlari bajarilgan (jami qurilish ishlari hajmining 50,1 foizi) yoki 2018 yilga nisbatan 7,0 foizga o`sgan. Shuningdek, yakka tartibdagi turar-joylar va noturar joy obektlari qurilishida 1376,2 mlrd. so`mlik ishlar amalga oshirildi (jami qurilish ishlari hajmining 28,2 foizi)

Savdo. Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining ulushi 2000 yildagi 74,1 foizdan 2019 yilda 90,4 foizga yetib, 16,3 foiz birlikka oshgan (7-rasm).

7-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning chakana savdo aylanmasi hajmidagi ulushi

2019 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining chakana savdo aylanmasi hajmi 15747,4 mlrd. so`mni tashkil etgan (jami chakana savdo aylanmasi hajmining 90,4 foizi). 2019 yil kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining chakana savdo aylanmasi o’sish sur’ati 109,9 foizni tashkil etdi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashqi savdo faoliyati. Import o`rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kichik biznes sub`ektlarining davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi eksport hajmida kichik biznesning hissasini oshirish imkonini bermoqda.

Viloyat eksportining umumiy hajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yilda 6,3 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2019 yilda 31,5 foizga yetgan, ya`ni 25,2 foiz birlikka oshgan (8-rasm).

8-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning eksportdagi ulushi

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida investitsiyalar. Iqtisodiyot tarmoqlarida kichik biznes sub`ektlarining faol xo`jalik faoliyati yuritishining muhim indikatorlaridan biri bu kiritilgan investitsiyalar hajmidir.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotganligi natijasida ular tomonidan 2019 yilda iqtisodiyotga 5733,6 mlrd. so`mlik investitsiyalar kiritildi va bu 2018 yilga nisbatan 29,4 foizga ko`pdir.

2019 yilda iqtisodiyotga kiritilgan jami investitsiyalar hajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 33,9 foizni tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 27,6 foiz birlikka oshgan (9-rasm).