Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrgacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma'lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo'yicha o'tkazilayotgan so'rovnomada, savolnomani to'ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

 2019-yil 18-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida Aholi tabiiy harakati statistikasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda 2019-yilning 7–11-oktabr kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida aholi tabiiy harakati to‘g‘risidagi statistikasining demografik ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan seminar natijalari muhokama qilindi.

Seminarda Davlat statistika qo‘mitasining Demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Olimjon  Sidiqov Aholi tabiiy harakati statistikasi va mazkur jarayonda fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini qayd etishning muhim ahamiyati bo‘yicha taqdimot namoyish etdi.

Taqdimot davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan fikr bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash