Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Diqqat! Barcha statistik hisobotlarni taqdim etish uchun stat.uz saytidan eStat 3.0 yangi dasturini ko’chirib oling!!!

TOSHKENT VILOYATIDA INNOVATSION FAOLIYAT

Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar nafaqat korxonalarda ishlatiladigan texnika va texnologik jarayonlarni yangilashni, balki boshqaruv va hisobini tashkil etishda innovatsion yondashuvni talab etadi.

Shu nuqtai nazardan korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni baholashning amaliyotda qo‘llaniladigan ayrim jihatlarini tadqiq etish katta ahamiyatga ega.

Toshkent viloyatida 2017 yilda 119 ta korxona va tashkilotlar birinchi marta innovatsion mahsulot, ishlar, xizmatlarni o’zlashtirgan bo’lib, ular tomonidan 188966,2 mln. so’mlik innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarildi.

2017 yilda Toshkent viloyati bo’yicha o’z kuchi bilan innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqargan korxona va tashkilotlar

 

 

Moliyalashtirish manbaalari bo’yicha innovatsiyalarga xarajatlarning eng katta qismini tashkilotlarning mablag’lari hamda tijorat banklari kreditlari hisobiga tog’ri keldi.