Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Diqqat! Barcha statistik hisobotlarni taqdim etish uchun stat.uz saytidan eStat 3.0 yangi dasturini ko’chirib oling!!!

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

“Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”
[Ko`chirma]


Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 6 dekabrda qabul qilingan


Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma`qullangan


3-modda. O`zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga quyidagi qo`shimchalar va o`zgartish kiritilsin:


3) 271-modda quyidagi mazmundagi 11-band bilan to`ldirilsin:


«11) agar ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida,
165-moddasining birinchi qismida, 166-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 167-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 172, 173-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 174-1-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 175-moddasining birinchi
va oltinchi qismlarida, 175-1-moddasining birinchi qismida, 175-3, 175-4-moddalarida,
175-5-moddasining birinchi qismida, 176-1–176-4, 177-moddalarida, 178-moddasining birinchi, uchinchi — sakkizinchi qismlarida, 178-1-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida,
179-2-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 179-4-moddasining birinchi qismida,
179-5-moddasida, 215-moddasining birinchi qismida, 215-1-moddasining birinchi qismida,
227-8-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 227-14-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 227-15-moddasining birinchi qismida, 227-16-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 227-18-moddasining birinchi qismida, 227-19-moddasining birinchi qismida,
227-21-moddasida, 227-22-moddasining birinchi qismida, 227-23-moddasida, 227-24, 227-25
va 227-26-moddalarida, 227-27-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik sub`ektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi fuqarolar huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e`tiboran o`ttiz kunlik muddatda yo`l qo`yilgan buzilishlarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning o`rnini qoplagan bo`lsa, bundan fuqarolarning hayoti
va (yoki) sog`lig`iga zarar yetkazilgan hollar mustasno.»;


4) 305-modda quyidagi mazmundagi to`rtinchi qism bilan to`ldirilsin:
«Ushbu Kodeks 271-moddasining 11-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo`lgan taqdirda, ma`muriy huquqbuzarlik haqidagi ish ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnoma va ishning boshqa materiallari ishni ko`rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan olingan kundan e`tiboran o`ttiz kunlik muddatda ko`rib chiqiladi».
14-modda. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo`lgan o`z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko`rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta`minlasin.
15-modda. Ushbu Qonun 2017 yil 1 yanvardan e`tiboran kuchga kiradi.

 

O`zbekiston Respublikasining Prezidenti                                                                           Sh. MIRZIYOEV  Toshkent shahri, 2016 yil 29 dekabr № O`RQ-418

 

*Ushbu Qonun “Xalq so`zi” gazetasida 2016 yil 30 dekabrda e`lon qilingan.


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
MA`MURIY JAVOBGARLIK TO`G`RISIDAGI KODEKSI
[Ko`chirma]
271-modda. Ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi
ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar

Quyidagi holatlar mavjud bo`lgan taqdirda ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozim:
1) ma`muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomati yo`q bo`lsa;
2) ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etish paytida shaxs o`n olti yoshga to`lmagan bo`lsa;
3) g`ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlikni sodir etgan shaxs aqli noraso bo`lsa;
4) shaxs harakatni zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida qilgan bo`lsa;
5) amnistiya akti chiqishi, agar u ma`muriy jazo chorasini qo`llanishni bekor qilsa;
6) ma`muriy javobgarlikni belgilovchi hujjat bekor qilingan bo`lsa;
7) ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishni ko`rib chiqish paytiga kelib ushbu Kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o`tib ketgan bo`lsa;
8) ma`muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs xususida shu fakt yuzasidan ma`muriy jazo qo`llanish to`g`risida vakolatli organ (mansabdor shaxs) qaror chiqargan bo`lsa yoki ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni tugatish to`g`risida chiqarilgan qaror bekor qilinmagan bo`lsa, shuningdek mazkur fakt yuzasidan jinoyat to`g`risidagi ish qo`zg`atilgan bo`lsa;
9) shaxs ishi yuritila boshlangan paytda vafot etgan bo`lsa;
10) huquqbuzarlikning oqibatlari bartaraf etilgan taqdirda shaxsni javobgarlikdan ozod etish ushbu Kodeksning tegishli moddasida nazarda tutilgan bo`lsa. (O`zR 20.08.2015 y. O`RQ-391-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band)
11) agar ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida,
165-moddasining birinchi qismida, 166-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 167-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 172, 173-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 174-1-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 175-moddasining birinchi va oltinchi qismlarida, 175-1-moddasining birinchi qismida, 175-3, 175-4-moddalarida, 175-5-moddasining birinchi qismida, 176-1–176-4,
177-moddalarida, 178-moddasining birinchi, uchinchi — sakkizinchi qismlarida, 178-1-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 179-2-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 179-4-moddasining birinchi qismida, 179-5-moddasida, 215-moddasining birinchi qismida, 215-1-moddasining birinchi qismida,
227-8-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 227-14-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida,
227-15-moddasining birinchi qismida, 227-16-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida,
227-18-moddasining birinchi qismida, 227-19-moddasining birinchi qismida, 227-21-moddasida, 227-22-moddasining birinchi qismida, 227-23-moddasida, 227-24, 227-25 va 227-26-moddalarida, 227-27-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik sub`ektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi fuqarolar huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e`tiboran o`ttiz kunlik muddatda yo`l qo`yilgan buzilishlarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning o`rnini qoplagan bo`lsa, bundan fuqarolarning hayoti va (yoki) sog`lig`iga zarar yetkazilgan hollar mustasno.

305-modda. Ma`muriy huquqbuzarlik
to`g`risidagi ishni ko`rib chiqish muddatlari

Ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ish mazkur ishni ko`rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab o`n besh kunlik muddat ichida ko`rib chiqiladi.
Ushbu Kodeksning 51-2, 51-3, 51-4, 51-5, 51-6, 51-7, 51-8, 51-9, 170, 180, 181, 183, 187, 194-moddalarida nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlar bir sutka mobaynida ko`rib chiqiladi, ushbu Kodeksning 164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 201, 202, 203, 204, 205-moddalarida nazarda tutilgan ishlar
- uch sutka ichida, ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan ishlar esa - besh sutka ichida ko`rib chiqiladi.
(O`zR 25.04.2016 y. O`RQ-405-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
Ushbu Kodeksning 56, 57, 58-moddalarida, 61-1-moddasi birinchi qismida, 94, 165-1, 184-2, 184-3, 189, 189-1, 201, 202-1, 224-1-moddalarida, 225-moddasi birinchi qismida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlar, ular chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tomonidan sodir etilganda, bir sutka mobaynida ko`rib chiqiladi. (O`zR 25.04.2016 y. O`RQ-405-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
Ushbu Kodeks 271-moddasining 11-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo`lgan taqdirda, ma`muriy huquqbuzarlik haqidagi ish ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnoma va ishning boshqa materiallari ishni ko`rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan olingan kundan e`tiboran o`ttiz kunlik muddatda ko`rib chiqiladi.

YANGILIKLARGA OBUNA BO'LING

Tugmani bosing Tinglash