Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrgacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma'lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo'yicha o'tkazilayotgan so'rovnomada, savolnomani to'ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil  9 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish va hisobga qo`yish tizmini takomillashtirish to`g`risida”gi 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 66-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik sub`ektlarini ro`yxatdan o`tkazish, shuningdek, ularni firma nomini zaxiraga olish, tadbirkorlik sub`ektlariga “Yagona darcha” tamoyili bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatish yagona markazlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 25 sentyabrdagi 274-sonli qarori bilan tasdiqlangan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to`g`risidagi nizom hamda 2017 yil 9 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazishda ro`yxatdan o`tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o`zaro hamkorligi reglamentiga muvofiq, joriy yilda Tadbirkorlik sub`ektlarining 2016 yil uchun taqdim etilgan yillik davlat statistika hisoboti shakllari asosida, yuridik shaxslarning asosiy faoliyat turi kodi va unda ishlovchi xodimlarning o`rtacha yillik sonini avtomatik o`zgarganligi to`g`risidagi ma`lumotlar Toshkent viloyati statistika boshqarmasining www.toshvilstat.uz rasmiy veb saytiga joylashtirildi.

Yuridik shaxsning asosiy faoliyat turi (IFUT) kodi va unda ishlovchi xodimlarning o`rtacha yillik sonini avtomatik o`zgarganligi to`g`risidagi ma`lumotlarni bilish uchun O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasining rasmiy veb sayti www.stat.uz  dagi “Tadbirkorlar uchun” ruknidan “yuridik shaxsning asosiy faoliyat turi (IFUT) kodi” bo`limidan yuridik shaxsning KTUT yoki STIR kodini kiritgan holda ko`rishingiz mumkin.  

Yuqoridagi masala yuzasidan qiziqtirgan savollaringiz bilan  boshqarmaning “Statistik registrlarni yuritish” bo`limi telefonlari
(0371) 230-86-83(84) orqali murojaat qilishingiz mumkin. 

YANGILIKLARGA OBUNA BO'LING

Tugmani bosing Tinglash