Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 sentyabridan 30 noyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.(So`rovnomaga o`tish>>>)

 
"Call centre" aloqa markazi : (71) 203-45-00

Hududiy dehqon bozorlaridagi ayrim mahsulotlarning o'rtacha narxlari (6-aprel holatiga)

Sabzi

Sabzi 1kg (so'm)

2600 so'm

Kartoshka

Kartoshka 1kg (so'm)

4495 so'm

Karam

Karam 1kg (so'm)

2668 so'm

Piyoz

Piyoz 1kg (so'm)

2077 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti 1kg (so'm)

63570 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti 1kg (so'm)

69411 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti 1kg (so'm)

26029 so'm

Sut

Sut 1litr (so'm)

6716 so'm

Tuxum

Tuxum 10 ta (so'm)

10473 so'm

Bodring

Bodring 1kg (so'm)

15078 so'm

Pomidor

Pomidor 1kg (so'm)

15371 so'm

Un

Bug'doy uni 1kg (so'm)

5273 so'm

TADBIRKORLAR UCHUN

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Mustaqillik yillarida bevosita davlatimiz rahbari va Hukumatimizning tashabbuslari bilan yurtimizda tadbirkorlik yo`nalishi qo`llab-quvvatlanayotganligi, xususiy mulk daxlsizligini ta`minlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga doir qonunchilik bazasi takomillashtirib borilayotganligini barchamiz ko`rib turibmiz.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi “Bir darcha” tamoyili asosida tadbirkorlik sub`ektlariga davlat xizmatlarini ko`rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 

PQ-2412-sonli qarori bilan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq barcha turdagi ro`yxatga olish, ruxsat berish va litsenziyalash bilan bog`liq tartib-taomillarni yanada soddalashtirish, shuningdek soha vakillariga “bir darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlari ko`rsatish yagona markazlarini tashkil etish yuzasidan viloyatimizda bir qator chora-tadbirlar ko`rilmoqda.

Bular, ochiq birja va yarmarka savdolari orqali kichik biznesning moddiy va xom ashyo resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish maqsadida o`tkazilgan VIII Innovatsion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi, “O`zekspomarkaz”da o`tkazilgan geologiya, yoqilg`i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati hamda axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari komplekslarining tarmoq sanoat yarmarkasi, Qishloq va suv xo`jaligi, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste`mol tovarlari masalalari buyicha savdo yarmarkalari hamda Axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari komplekslarining tarmoq sanoat yarmarkalari soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Natijada, Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan berilayotgan imoniyatlarni ko`rib-bilib, viloyatimiz fuqarolarining tadbirkorlikka ishtiyoqi tobora ortib bormoqda. Xisobot davrida bu soha vakillarining soni o`n ikki mingdan ortib, berilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda viloyatimiz iqtisodiyotini rivojlanishiga o`z hissalarini qo`shib, 2016 yakuni bilan ularning viloyat yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 57,1 foizni tashkil qildi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmini 32,6 foizi, qishloq, o`rmon va baliq xo`jaliklarining ishlab chiqarilgan (ko`rsatilgan xizmatlar) hajmini 96,3 foizi investitsiyalar hajmining 40,1 foizi, qurilish ishlari umumiy hajmining 75,2 foizi, chakana tovar aylanmasi umumiy hajmining 87,9 foizi umumiy eksport hajmining 36,0 foizi shu soha vakillari tomonidan amalga oshirildi.

Tugmani bosing Tinglash