Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Diqqat! Barcha statistik hisobotlarni taqdim etish uchun stat.uz saytidan eStat 3.0 yangi dasturini ko’chirib oling!!!

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMATLAR SOHASINING RIVOJLANISHI

Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta`minlash, aholining turmush darajasini oshirish va samarali bandligini ta`minlashda xizmatlar sohasining har tomonlama rivojlanishi muhim masalalardan biri bo`lib hisoblanadi.
Tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy o`sishni ta`minlash uchun xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishni eng muhim vazifalardan biri sifatida qo`yishmoqda.
Xizmatlar sohasi aholining barcha qatlamlarini qamrab oladi va jamiyatda sodir bo`layotgan deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta`sir ko`rsatadi, bu esa mazkur masalaning qanchalik muhim va ahamiyatli ekanligini ko`rsatib beradi.
O`zbekistonda mustaqillik yillarida, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va tarkibiy o`zgartirishlarni chuqurlashtirish, mamlakat aholisining bandligini, daromadlarini va turmush sifatini oshirishning muhim yo`nalishlari va omillaridan biri sifatida xizmatlar sohasi va servisni jadal rivojlantirish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, iqtisodiyotning barqaror o`sishini ta`minlashda mazkur soha muhim o`rinni egallamoqda.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining asosiy vazifalari va yo`nalishlarini amalga oshirish jarayonida, 2010-2016 yillarda bozor xizmatlari hajmi 3,4 martaga oshib, 8,5 trln.so`mgacha ko`paydi. Aholi jon boshiga ko`rsatilgan xizmatlar hajmi mazkur davrda 3,2 martaga o`sdi va 3,0 mln. so`mni tashkil etdi (1-jadval).

1-jadval

2010-2016 yillarda Toshkent viloyati bo`yicha xizmatlar sohasi asosiy ko`rsatkichlarining dinamikasi

1-

Hozirgi vaqtda, Toshkent viloyatida xizmatlar sohasida 82 ta ortiq yirik tashkilotlar (bozor xizmatlarini ko`rsatuvchi notijorat tashkilotlarini qo`shgan holda) va 22,9 mingdan ortiq kichik tadbirkorlik sub`ektlari faoliyat ko`rsatmoqda.
2010-2016 yillarda xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi deyarli barcha hududlarda ijobiy rivojlanish tendentsiyalarini ko`rsatib turibdi.
2016 yilda Olmaliq, Angren, Chirchiq shaharlari va Bekobod shahri peshqadamlar qatoridan joy egallashgan. Olmaliq shahrida yuqori o`sish sur`atlarini ta`minlanishi, avvalo aholi real daromadlarining o`sishi, yakuniy iste`mol mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, bu har xil turdagi xizmatlarning rivojlanishiga kuchli ta`sir ko`rsatmoqda (1-rasm).

1

1-rasm - 2016 yilda hududlar kesimida xizmatlar ishlab chiqarish hajmining o`sishi

Xizmatlar sohasining aholi jon boshiga nisbatan rivojlanishi ko`rsatkichiga aholi soni muhim ta`sir ko`rsatadi. Masalan, aholi soni nisbatan kam bo`lgan Quyichirchiq va Piskent tumanlarida o`rtacha jon boshiga ko`rsatkichlari aholi zich joylashgan hududlar hisoblangan Qibray, Olmaliq, Angren, Chirchiq va Bekobod shahar va tumanlarga qaraganda ancha yaxshi ko`rinadi.
Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, sanoati rivojlangan hududlarda (qazib olish sanoatini hisobga olmagan holda) – Olmaliq, Bekobod shaharlari va Chirchiq shahri bo`yicha xizmatlar sohasining o`rtacha jon boshiga ko`rsatkichlari Quyichirchiq, Chinoz, yangiyo`l, O`rtachirchiq va Parkent tumanlariga nisbatan yuqoriligi kuzatildi (2-rasm).

2

2-rasm - 2016 yilda hududlar kesimida aholi jon boshiga ko`rsatilgan xizmatlar hajmi, ming.so`mda

Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi hisobiga Toshkent viloyatida 2010 yildan 2016 yilgacha sohaning yaIMdagi hissasi ortib bordi. Xususan, 2010 yilda yaIMda xizmatlar sohasining ulushi 38,5 foizni tashkil qilgan bo`lsa, 2016 yil yakuni bo`yicha (dastlabki ma`lumot) 39.2,5 foizga yetdi (3-rasm).

3

3-rasm - YAIMda xizmatlar ulushi

Aholi tomonidan har xil turdagi xizmat ko`rsatish turlariga bo`lgan talabning doimiy o`sishi va davlat tomonidan ushbu sohaga aloqador infratuzilmalarni (ijtimoiy, transport-kommunikatsiya, savdo va boshqalar) rivojlantirish bo`yicha ko`rilayotgan amaliy choralar xizmatlar sohasining barcha tarmoqlarini jadal rivojlanishini ta`minladi (4-rasm).

4

4-rasm - 2010-2016 yillarda alohida xizmat turlarining o`sishi

Xususan, 2010-2016 yillarda transport xizmatlarining ulushi 35,3 foizdan 36,7 foizga, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 1,6 foizdan8,8 foizga oshgan. Shu bilan birga, savdo xizmatlarining ulushi 21,8 foizdan 30,3 foizga, moliyaviy xizmatlar ulushi 3,5 foizdan 6,6 foizga, ta`lim sohasidagi xizmatlar 1,6 foizdan 1,7 foizga, yashash va ovqatlanish xizmatlari 1,0 foizdan 4,6 foizga ko`paydi. Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta`mirlash bo`yicha xizmatlar, me`morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar va boshqa xizmatlarning jami xizmatlar hajmidagi ulushi o`zgarishsiz qolgan (5- va 6-rasmlar).

5

5-rasm

6

6-rasm

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan xizmatlar ishlab chiqarishning kengayishi xizmatlar sohasining jadal rivojlanishini ta`minlamoqda. Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida, tadbirkorlik sub`ektlariga, xizmatlar ko`rsatish bo`yicha yangi tashkil etiladigan korxonalarni texnologik jihozlash uchun katta miqdordagi imtiyozli kreditlar taqdim etildi. Natijada, kichik tadbirkorlikning bozor xizmatlari ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 64,8 foizdan 79,7 foizga ko`paydi (7-rasm).

7

7-rasm - 2010-2016 yillarda kichik tadbirkorlikning xizmatlar sohasidagi ulushi

Yangi ish o`rinlarini tashkil etish, investitsiya, soliq, pul-kredit va ilmiy-texnik siyosatni takomillashtirish hamda yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kichik biznesni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning yanada barqaror o`sishini ta`minlash, bozor xizmatlarining tarmoq tuzilmasida sifatli tarkibiy o`zgarishlar qilish imkonini beradi.
Bu esa, Toshkent viloyatida xizmatlar ishlab chiqarish va iste`mol qilishning oqilona tuzilmasini shakllantirish hamda aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirilishini ta`minlash imkonini beradi.

YANGILIKLARGA OBUNA BO'LING

Tugmani bosing Tinglash