Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Diqqat! Barcha statistik hisobotlarni taqdim etish uchun stat.uz saytidan eStat 3.0 yangi dasturini ko’chirib oling!!!

1. TOSHKENT VILOYATIDA MAKTABGACHA TA`LIM

111

2017 yil 1 yanvar holatiga viloyatda maktabgacha ta`lim muassasalari soni 440 tani tashkil etib, shundan 254 tasi shahar, 186 tasi qishloq joylarda joylashgan. Ularda tarbiyalanayotgan 64049 nafar bolalardan 53.5 foizini o’g’il bolalar, 46.5 foizini qizlar tashkil etadi .

 

 

 

1-jadval

2016 yilda maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy ko’rsatkichlari, birlik

t1

 

Maktabgacha ta`lim muassasalarida mavjud o’rinlardan foydalanish samaradorligi ortib borayotganligi. 2012 yilda Toshkent viloyati  bo'yicha har 100 ta o’ringa o’rtacha 76 nafar bola to’g’ri kelgan bo’lsa, 2016 yilga kelib ushbu ko'rsatkich 91 nafarga yetdi. Bu esa maktabgacha ta`lim muassasalariga nisbatan talab oshib borayotganligini ifoda etadi.

r1

1-rasm - Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi jami bolalar soni va 100 ta o’ringa nisbatan hisoblangan bolalar soni dinamikasi (2012-2016 yillar)

r2

2-rasm - 2016 yilda tumanlar bo’yicha maktabgacha ta’lim muassasalari va ulardagi bolalar soni

2-jadval

Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagog xodimlari to’g’risida ma’lumot, 2016 yil

t2

2. TOSHKENT VILOYATIDA UMUMIY O`RTA TA`LIM

2016/2017 o’quv yilida mavjud 871 ta umumiy o`rta ta`lim maktablarida jami 398103,0 mingta o`quvchilar tahsil olgan bo’lsa, ulardan 180211 ming nafari qishloq joylarda joylashgan . Umumta`lim maktablari soni 2012 yilga (884 ta) nisbatan 13 taga kamaygan yaniy 1.4 foizga kamaygan Lekin ulardan 71.2 foizi ikki smenada, bir smenada 28.8 foizi mashg’ulot olib boradi. Ushbu ko’rsatkich tumanlar bo’yicha tahlil qilinganda, O’rtachirchiq (79,5%), Zangiota (83,1%), Yangiyo’l (86,6%) va Chinoz 91,5%) tumanlarida yuqori foizni tashkil etishi ko’zga tashlanadi. Umumiy o`rta ta`lim maktablaridagi o`quvchilarning 1314,8 ming nafari ikkinchi va uchinchi smenalarda ta’lim olmoqda.

 r3

3-rasm - Umumiy o`rta ta`limning asosiy ko`rsatkichlari (2012-2016 yillar)

3-jadval

Umumiy o`rta ta`lim muassasalari soni va o’quvchilar soni, tumanlar kesimida (birlik)

t3

Ta`lim tizimining ahvoli haqida muhim ma`lumot beruvchi ko`rsatkichlardan biri bu ta`lim muassasalarida har bir o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`quvchilar sonidir. U o`quvchilar umumiy sonini o`qituvchilar umumiy soniga bo`lish orqali aniqlanadi. 2016 yilda Toshkent viloyatining umumta`lim maktablarida har bir o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`quvchilar soni 14,1 ga teng bo’ldi.

r4

4-rasm - Tumanlar bo’yicha har bir o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`quvchilar soni, 2016 yil.

Toshkent viloyatida 2016 yilda 6 ta akademik litsey 128 kasb-hunar kollejlari faoliyat yuritmoqda.

r5

 5-rasm - Kasb hunar kollejlari soni (2012-2016 yillar)

r6

6-rasm - Akademik litseylar soni (2012-2016 yillar)

2016 yilda Toshkent viloyati o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi tizimining akademik litseylarida o`quvchilar soni 3517 nafar, kasb-hunar kollejlarida esa 102254 nafarni tashkil etdi.

3. TOSHKENT VILOYATIDA OLIY TA`LIM
Toshkent viloyatida oliy ta`lim tizimi miqdor va sifat jihatdan izchil rivojlanmoqda. Oliy ta`lim muassasalari soni 2016 yilga1ta Oliy ta`lim muassasi, 1ta Oliy ta`lim muassasining filiali mavjud ularda jami 7286 nafar talaba tahsil olgan shulardan 7045 nafar bakalavr, 241nafar magistr tahsil olgan 561 ta pedagog xodimlari faoliyat yuritmoqda. 

YANGILIKLARGA OBUNA BO'LING

Tugmani bosing Tinglash