Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Diqqat! Barcha statistik hisobotlarni taqdim etish uchun stat.uz saytidan eStat 3.0 yangi dasturini ko’chirib oling!!!

Toshkent viloyati bo`yicha (2000-2016 yillar) makroiqtisodiy ko`rsatkichlar tahlili

 

1. Yalpi hududiy mahsulotni ishlab chiqarish

2016 yil yakunlari bo`yicha ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) hajmi joriy narxlarda 20 528,7 mlrd. so`mni tashkil qildi va o`tgan yilga nisbatan 7,1 foizga o`sdi. YaHM ning 2000-2016 yillarda o`rtacha yillik o`sish sur`ati 6,8 foizni tashkil qildi. (1 rasm).

image001

1 rasm. 2000-2016 yillar uchun YaHMning o`zgarish dinamikasi

Hududda olib borilayotgan dasturlar va loyihalarning samarasi natijasi shuning bilan birga olib borilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish natijasida hudud iqtisodiyoti oxirgi yillarda yuqori va barqaror o`sish sur`atlarini namoyish qila boshladi.

Oxirgi 7 yilda (2010-2016yillar) YaHM 1,7 barobarga yaqin o`sdi.

image002

 2 rasm. So`ngi 7 yillikda (2010-2016 yillar) YaHM va tarmoqlarning yalpi qo`shilgan qiymatning o`sish sur`atlari 2009 y. = 100%

Iqtisodiy o`sishning asosiy omillari va manbalari tahlili shuni ko`rsatadiki, oxirgi 7 yil davomida iqtisodiyotning yuqori o`sish sur`atlari qishloq xo`jaligida 1,6 marta (2010-2016 yillar uchun o`rtacha yillik o`sish – 7,0%), sanoatda – 1,4 barobar (4,8%), qurilishda – 2,4 barobar (13,7%), hizmatlar sohasida – 2,0 barobar (10,6%) o`sganligi hisobiga ta`minlangan.

image003

3 rasm. Aholi jon boshiga YaHMni o`zgarishi dinamikasi, foizda

Iqtisodiyotning barqaror o`sish sur`atlari saqlanib turgan bir sharoitda aholining real daromadlari ham mos ravishda o`sib borayotganing kuzatishimiz mumkin.

2016 yil yakunlari bo`yicha iqtisodiyot tarmoqlarida kuzatilgan o`sish sur`atlari yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) barqaror o`sishida asosiy omil bo`lib xizmat qildi. Jumladan, qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi tarmog`ining o`sish sur`ati 105,5 foiz, (YaHM tarkibidagi ulushi – 19,7 foiz), sanoat – 105,6 foiz (35,1 foiz), qurilish – 101,8 foiz (3,7 foiz), savdo, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar – 114,2 foiz (10,4 foiz), tashish va saqlash, axborot va aloqa – 107,4 foiz (14,5 foiz) va xizmat ko`rsatuvchi boshqa tarmoqlar – 109,3 foiz (16,6 foiz) ni tashkil qildi.

Qulay ishblarmonlik muhitini yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari natijasida Toshkent viloyatida 2010-2016 yillar uchun o`rtacha 7-8 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o`sish sur`atlarini namoyish qila boshladi.

image004 

 4 rasm. YaHM tarkibining o`zgarish dinamikasi, %

Tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va xizmatlar sohasining rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotida bandlik va aholi daromadlari o`sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Mazkur sohalarning rivojlanish salohiyatini yanada kengaytirilishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda xizmat ko`rsatish va servis sohasini isloh qilish bo`yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi mazkur tarmoqlar qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylanib YaHM tarkibida umumiy hajmining o`sishi qishloq xo`jaligi ulushining yildan yilga bosqichma-bosqich kamayishga olib keldi. Shu bilan birga, YaHM tarkibida qishloq xo`jaligi ulushining kamayishi qishloq xo`jaligi mahsulotlarining ijobiy o`rtacha yillik o`sish sur`atlari fonida sodir bo`ldi.

Iqtisodiy islohotlarning ilk davrlaridayoq kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan birgalikda ob`ektlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ko`p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdagi asosiy omil hisoblangan.

Kichik tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining 2000-2016 yillardagi rivojlanishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy rivojlanish ko`rsatkichlari quyidagicha:

image005

5 rasm. 2000-2016 yillarda kichik biznes ulushining o`zgarish dinamikasi (YaHM ga nisbatan foizda)

Ishbilarmonlik muhitini isloh qilish bo`yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qo`llab quvvatlash va yanada rag`batlantirish natijasida uning YaHM dagi ulushi 2000 yildagi 34,0 foizdan 2016 yilda 57,1 foizgacha oshdi.

sv1

6 rasm. Hududning Respublika YaIM tidagi ulushi, foizda

Toshkent viloyati hududida maqsadli dasturlarning amalga oshirilishi va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish shuningdek, xizmatlar sohasining jadal rivojlanishi natijasida viloyat bo`yicha YaIMni shakllantirishda 2009 - 2016 yillarda Toshkent viloyatining ulushi 10,0 foizdan 10,3 foizga yetganligini kuzatish mumkin.

YANGILIKLARGA OBUNA BO'LING

Tugmani bosing Tinglash