Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI   Click to listen highlighted text! Welcome to TOSHKENT VILOYATI STATISTIKASI Powered By GSpeech

Diqqat! Barcha statistik hisobotlarni taqdim etish uchun stat.uz saytidan eStat 3.0 yangi dasturini ko’chirib oling!!!

Toshkent viloyatining demografik holati

I. Doimiy aholi soni.

Toshkent viloyatining doimiy aholisi soni 2017 yil 1 yanvar holatiga 2829,3 ming. kishini tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 459,1 ming. kishiga, ya`ni 19,4 foizga o`sgan (1-jadval).

1-jadval

Toshkent viloyati doimiy aholisi soni to`g`risida ma`lumot
(yil boshiga; ming kishi)

 1

  

image001

 1-rasm - Toshkent viloyati doimiy aholisining jinsi bo’yicha tarkibi

(01.01.2017 yil uchun)

 

 image003

 2-rasm - Toshkent viloyati doimiy aholisi soni (ming kishi)

 

 image005

3-rasm - Toshkent viloyati tumanlar bo’yicha doimiy aholisi soni (ming kishi)

(01.01.2017 yil uchun)

 

Mazkur yillarda Toshkent viloyati aholisining joylashuvi bo`yicha tarkibida ham sezilarli o`zgarishlar kuzatilgan, ya`ni 2000 yilda shahar aholisining jami aholi sonidagi ulushi – 40,1 foizni tashkil etgan bo`lsa, ushbu ko`rsatkich 2005 yilda – 39,3 foizni, 2010 yilda – 49,5 foizni, 2015 yilda – 48,8 foizni, 2017 yil 1 yanvar holatiga kelib esa – 48,7 foizni tashkil etdi (4-rasm).

image007

 4-rasm - Toshkent viloyati doimiy aholisining joylashuvi bo`yicha taqsimlanishi (foizda)

 

Toshkent viloyati aholisining 2001-2017 yillarda yosh tarkibida ham sezilarli o`zgarishlar kuzatilgan.

Jumladan, 2001 yilda mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar (0-15 yoshdagilar) ulushi 36,8 foizni, mehnatga layoqatli yoshdagilar (erkaklar 16-59 yosh, ayollar 16-54 yosh) 54,5 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar (erkaklar 60 yosh va undan katta, ayollar 55 yosh va undan katta) 8,7 foizni tashkil etgan.

2017 yil 1 yanvar holatiga mazkur ko`rsatkichlar mos ravishda 28,4 foiz, 60,5 foiz va 11,1 foizni tashkil etgan (2-jadval).

2-jadval

Toshkent viloyati doimiy aholisining yosh tarkibi to`g`risida ma`lumot
(yil boshiga; ming kishi)

 5

 

 image009

 5-rasm - Toshkent viloyati doimiy aholisining yosh bo’yicha tarkibi

(01.01.2017 yil uchun; foizda)

 

2017 yilda 2001 yilga nisbatan mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar ulushi kamayish tendentsiyasiga ega bo`lgan bo`lsa, mehnatga layoqatli yoshdagilar va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar ulushi esa o`sgan.

Toshkent viloyati bo`yicha 2001 yilda aholining o`rtacha yoshi 26,3 yoshni tashkil etgan bo`lsa, 2017 yilga kelib bu ko`rsatkich 29,8 yoshni tashkil etmoqda, ya`ni Toshkent viloyati aholisining o`rtacha yoshi 3,5 yoshga keksayganligini kuzatish mumkin.

 

II. Aholining tabiiy harakati.

Aholining tabiiy harakati ko`rsatkichlarida ham o`zgarishlar kuzatilib, 2000 yilda Toshkent viloyatida 43,8 ming nafar bola tug`ilgan bo`lib, 1000 aholiga nisbatan tug`ilish koeffitsienti 18,5 promilleni, mazkur yilda 15,3 ming kishi vafot etgan bo`lib, 1000 aholiga nisbatan o`lim koeffitsienti 6,4 promilleni tashkil etgan bo`lib, aholining tabiiy o`sishi 459,1 ming kishiga, ya`ni 1000 aholiga nisbatan aholining tabiiy o`sish koeffitsienti 12,1 promilleni tashkil etgan.

Quyidagi jadvalda Toshkent viloyati aholisining tabiiy harakati ko`rsatkichlari keltirilgan (3-jadval)

 

3-jadval

Toshkent viloyati aholisining tabiiy harakati ko`rsatkichlari to`g`risida ma`lumot 

(ming kishi)

 6

 

 

image011

6-rasm - Toshkent viloyati bo’yicha tug’ilganlar soni

(yilda; ming kishi)

 

image013

 7-rasm - Toshkent viloyati bo’yicha o’lganlar soni

(yilda; ming kishi)

 

image015

 8-rasm - Toshkent viloyati aholisining tabiiy o’sishi 

(yilda; ming kishi)

 

1. Tug`ilganlar soni.

Toshkent viloyatida 2016 yilda 57,2 ming nafar bola tug`ilganligi qayd etilgan bo`lib, 1000 aholiga nisbatan tug`ilish koeffitsienti 20,3 promilleni tashkil etgan.

Bundan tashqari 2000 yillarda fertil yoshdagi (15-49 yosh) 1 ayol hayoti davomida tuqqan bolalar soni, ya`ni tug`ilishning yig`indi koeffitsienti 2,31 ni tashkil etgan bo`lsa, keyingi yillarda pasayish tendentsiyasi kuzatildi va 2016 yilda bu ko`rsatkich 2,26 ni tashkil etdi (9-rasm).

image017

 9-rasm - Toshkent viloyati bo`yicha tug`ilishning yig`indi koeffitsienti 

(15-49 yoshli ayollarning hayoti davomida tuqqan bolalari soni)

 

2. O`lganlar soni.

Toshkent viloyatida 2016 yilda 16,3 ming kishining vafot etganligi qayd etilib, 1000 aholiga nisbatan o`lim koeffitsienti 5,8 promilleni tashkil etgan.

Toshkent viloyatida 2000 yilda 15,3 ming kishi, 2005 yilda 16,8 ming kishi, 2010 yilda 15,4 ming kishi vafot etgan bo`lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o`lim koeffitsienti 6,4 promille, 6,8 promille, 5,8 promilleni tashkil etgan.

Toshkent viloyatida onalar o`limi ko`rsatkichi ham pasayish tendentsiyasiga ega bo`lib, 100 000 tug`ilgan bolaga nisbatan 2000 yilda onalar o`limi koeffitsienti 27,5 ni tashkil etgan bo`lsa, 2005 yilda 43,2 ni, 2010 yilda 32,8 ni ,2015 yilda 44,3 ni va 2016 yilda esa 35,0 ni tashkil etdi (10-rasm).

image019 

 10-rasm - Toshkent viloyati bo`yicha onalar o`limi ko`rsatkichi 

(100 000 tug`ilgan bolaga nisbatan)

 

Viloyatda 2016 yilda bir yoshgacha o`lgan bolalar soni 0,6 ming nafar bolani tashkil etib, 1000 tug`ilgan bolaga nisbatan go`daklar (1 yoshgacha bolalar) o`limi koeffitsienti 11,0 promilleni tashkil etgan.

Viloyatda 1000 tug`ilgan bolaga nisbatan go`daklar (1 yoshgacha bolalar) o`limi koeffitsienti 2000 yilda 19,6 promilleni, 2005 yilda 15,4 promilleni, 2010 yilda 11,0 promilleni tashkil etgan (11-rasm).

image021 

 11-rasm - Toshkent viloyati bo`yicha go`daklar va bolalar o`limi ko`rsatkichlari 

(1000 tug`ilgan bolaga nisbatan; promille)

 

Viloyatda 2016 yilda besh yoshgacha o`lgan bolalar soni 0,8 ming nafarni tashkil etib, 1000 tug`ilgan bolaga nisbatan bolalar (5 yoshgacha) o`limi koeffitsienti 14,5 promilleni tashkil etgan.

Viloyatda 1000 tug`ilgan bolaga nisbatan bolalar (5 yoshgacha) o`limi koeffitsienti 2000 yilda 26,9 promilleni, 2005 yilda 22,0 promilleni, 2010 yilda 14,7 promilleni tashkil etgan.

 

3. Tug`ilishda kutilgan umr davomiyligi.

Aholining yashash sifati ko`rsatkichlaridan biri bu tug`ilishda kutilgan umr davomiyligi hisoblanadi. Viloyatda 2016 yilda mazkur ko`rsatkich 73,1 yoshni (ayollarda – 76,0 yosh, erkaklarda – 70,2 yosh) tashkil etgan (12-rasm).

image023

 12-rasm - Toshkent viloyati bo`yicha tug`ilishda kutilgan umr davomiyligi 

(yosh)

 

Tug`ilishda kutilgan umr davomiyligi ko`rsatkichi so`nggi yillarda o`sish tendentsiyasiga ega bo`lib, jumladan 2000 yilda ushbu ko`rsatkich 70,0 yoshni tashkil etgan bo`lsa, 2005 yilda 70,1 yoshni, 2010 yilda 71,7 yoshni tashkil etgan.

 

4. Tuzilgan nikohlar va nikohdan ajralishlar.

Viloyatda bo`yicha 2016 yilda 14,6 mingta nikoh qayd etilgan bo`lib, 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsienti 6,2 promilleni tashkil etgan (13-rasm).

image025

13-rasm - Toshkent viloyati bo`yicha nikoh tuzish va nikohdan ajralish koeffitsientlari 

(1000 aholiga nisbatan; promille)

 

Viloyatda 2000 yillarda birinchi marta nikoh qurgan qiz bolalarning o`rtacha yoshi 21,8 yoshni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilda bu ko`rsatkich 23,0 yoshni tashkil etdi, ya`ni 1,2 yoshga ko`paydi.

Viloyatda 2000 yillarda birinchi marta nikoh qurgan o`g`il bolalarning o`rtacha yoshi 24,8 yoshni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilda ushbu ko`rsatkich 26,4 yoshni tashkil etdi, ya`ni 1,6 yoshga ko`paydi (14-rasm).

image027

14-rasm - Toshkent viloyati bo`yicha ilk bor nikoh tuzuvchilarning o`rtacha yoshi 

(yosh)

 

Viloyatda bo`yicha 2016 yilda 3,3 mingta nikohdan ajralish qayd etilgan bo`lib, o`tgan yilga nisbatan 0,3 mingtaga kamaygan. 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsienti esa 1,2 promilleni tashkil etgan.

2000 yilda viloyatda 2,6 mingta nikohdan ajralish qayd etilgan bo`lib, 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsienti 1,1 promilleni tashkil etgan. Keyingi yillarda nikohdan ajralishlar soni kamayib borish tendentsiyasiga ega bo`lib, 2013 yildan boshlab yana o`sish kuzatilgan.

YANGILIKLARGA OBUNA BO'LING

Tugmani bosing Tinglash